AsosiyJamiyat

Andijonda nasos stansiyasidagi qoidabuzarlik ortidan davlatga qariyb 500 mln so‘zlik zarar yetkazildi

Holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

'Andijonda nasos stansiyasidagi qoidabuzarlik ortidan davlatga qariyb 500 mln so‘zlik zarar yetkazildi'ning rasmi

Andijon viloyatida 2 ta nasos stansiyasida aniqlangan qoidabuzarlik natijasida tizimga 473,9 mln so‘mlik zarar yetkazilganligi ma’lum bo‘ldi.

Qayd etilishicha, Izboskan tumanida joylashgan Nasos stansiyalari energetika boshqarmasi iste’mol qilingan elektr energiyasini haqiqiy ko‘rsatgich bo‘yicha hisobot bermasdan, noqonuniy foydalangan.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 352,5 million so‘mlik zarar yetgan.

Bu kabi holat Baliqchi tumani "Sirmoq" MFYda joylashgan Nasos stansiyalari energetika boshqarmasida ham aniqlanib, dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 121,4 million so‘mlik zarar yetkazilgan.

Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar