AsosiyDunyo

Xitoy yangi avtomobillarni “ishlatilgan” deb O‘zbekistonga sotmoqda

Xitoy avtosanoati “kulrang bozor” orqali eksportni sun’iy oshirmoqda.

'Xitoy yangi avtomobillarni “ishlatilgan” deb O‘zbekistonga sotmoqda'ning rasmi

Zamon.uz ning “Reuters” agentligiga tayanib xabar qilishicha, Xitoy avtosanoati hukumat tomonidan qo‘llab-quvvatlanadigan “kulrang bozor” orqali avtomobil savdosini sun’iy oshirib kelmoqda. Ushbu amaliyotda zavoddan chiqqan “nol kilometrli” avtomobillar ro‘yxatdan o‘tkazilib, keyin ishlatilgan sifatida eksport qilinadi — jumladan O‘zbekiston bozoriga ham eksport qilinmoqda.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Xitoyda ishlab chiqarilgan yangi avtomobillar majburiy ro‘yxatdan o‘tkazilib, darhol xorijiy davlatlarga “ishlatilgan” sifatida yuboriladi. Bu orqali avtomobil ishlab chiqaruvchilar ichki bozordan xalos bo‘ladi va soliq hamda eksport ko‘rsatkichlarini oshiradi. Reuters suhbatga asoslangan tahlilida, bu amaliyot “narxlar urushi” natijasida aktivlashganini ta’kidlaydi.

AQSHdagi Sino Auto Insights konsalting kompaniyasi asoschisi Tu Le shunday deydi: “Narxlar urushi natijasida kompaniyalar har qanday yo‘l bilan sotuvni qayd etishga majbur bo‘lmoqda”.

Shuningdek, Xitoydagi hududiy hukumatlar — Guangdong, Sichuan bu amaliyotni davlat darajasida rag‘batlantiradi: ular eksport litsenziyalarini tezlashtiradi, soliq imtiyozlari beradi va infratuzilmaga sarmoya kiritadi.

Great Vall Motor rahbari mail orqali bunday savdoni tanqid qilgan. “People's Daily” gazetasi ham bu amaliyotni narx urushini kuchaytiruvchi va ichki bozorda tartibsizlikka olib keluvchi omil deb atagan va qat’iy nazoratni talab qilgan.

Eksport qabul qiluvchi mamlakatlar orasida Markaziy Osiyo, jumladan O‘zbekiston va Rossiya hamda Yaqin Sharq mamlakatlari mavjud. Jumladan, bu davlatlar bozorida “nol kilometrli ishlatilgan” avtomobillar soni sezilarli darajada ortmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Qirg‘izistonda davlat tilini bilmagan amaldorlar jarimaga tortiladi'ning rasmi

    Dunyo 25.06.2025 17:48

    Qirg‘izistonda davlat tilini bilmagan amaldorlar jarimaga tortiladi

    Deputatlar davlat tilini qo‘llash bilan bog‘liq ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartishlar kiritish to‘g‘risidagi qonun loyihalarini ikkinchi va uchinchi o‘qishda ma’qulladi.

    'Eronning yadro inshootlari to‘liq yo‘q qilindimi?'ning rasmi

    Dunyo 25.06.2025 17:27

    Eronning yadro inshootlari to‘liq yo‘q qilindimi?

    Qo‘shma shtatlar yetakchisi buni iddao qilmoqda.

    'Mozambikda kamida 120 nafar bola jangarilar tomonidan o‘g‘irlangan'ning rasmi

    Dunyo 25.06.2025 17:20

    Mozambikda kamida 120 nafar bola jangarilar tomonidan o‘g‘irlangan

    O‘g‘irlangan bolalar majburiy mehnatga yoki jangari sifatida qurolli mojarolarga jalb qilinishi mumkin.

    'Eron MAGATЕ bilan hamkorlikni to‘xtatdi'ning rasmi

    Dunyo 25.06.2025 16:10

    Eron MAGATЕ bilan hamkorlikni to‘xtatdi

    Eron parlamenti xalqaro bosimlarga qarshi keskin qaror qabul qildi.

    'Xitoyda pora olgan amaldor o‘limga hukm qilindi'ning rasmi

    Dunyo 25.06.2025 14:20

    Xitoyda pora olgan amaldor o‘limga hukm qilindi

    Uning noqonuniy daromadlari davlat xazinasiga olib qo‘yilgan.

    'Turkiyada ommaviy janjal vaqtida yigitni furgon bosib ketdi'ning rasmi

    Dunyo 25.06.2025 11:47

    Turkiyada ommaviy janjal vaqtida yigitni furgon bosib ketdi

    Hodisa oqibatida og‘ir jarohatlar olgan qamoqxona qo‘riqchisi hayotdan ko‘z yumgan.