AsosiyJamiyat

Samarqandda do‘kon yonib ketdi

Yong‘in qariyb 1 soatda o‘chirilgan.

'Samarqandda do‘kon yonib ketdi'ning rasmi

Bugun, 25 iyun kuni soat 15:05 da Samarqand viloyati Samarqand shahar, Spitamen shoh ko‘chasida joylashgan skuterlar va avtomobil shinalarini sotish do‘konida yong‘in yuz berdi. Bu haqda FVB axborot xizmati ma’lum qildi.

Qayd etilishicha, yong‘inni o‘chirish uchun 4 ta yong‘in-qutqaruv ekipaji soat 15:10 da voqea joyiga borib, yong‘in 15:21 da o‘rab olingan. Va soat 15:46 da to‘liq bartaraf etilgan.

Voqea oqibatida jabrlanganlar bor yoki yo‘qligi bo‘yicha ma’lumot berilmagan.

    Boshqa yangiliklar