Qashqadaryo viloyatida elektr energiyasidan foydalanish qoidalarini buzish holati aniqlandi. Bu haqda Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi axborot xizmati xabar berdi.
Qayd etilishicha, viloyatning G‘uzor tumani "Yangikent" MFYda joylashgan "G." MCHJ o‘ziga qarashli yaroqsiz holatdagi “tok” transformatoridan foydalanib kelayotganligi aniqlangan.
Ushbu qoidabuzarlik natijasida dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra elektr ta’minoti korxonasiga 558 million so‘mlik zarar yetkazilgan.
Hozirda huquqni muhofaza qilish organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.