AsosiyJamiyat

Fransiyada "shprits"li hujumlar sodir bo‘ldi

Voqea millionlab odamlarni jalb qilgan festival vaqtida sodir bo‘lgan.

'Fransiyada "shprits"li hujumlar sodir bo‘ldi'ning rasmi

Fransiyada 21 iyun kuni bo‘lib o‘tgan an’anaviy Fête de la Musique musiqiy festivali chog‘ida 145 nafar fuqaro noma’lum shaxslar tomonidan shpritsli hujumga uchradi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.

Hozirga qadar 12 kishi gumonlanib hibsga olingan. Parij politsiyasi poytaxtda kamida 13 ta shunday holat qayd etilganini tasdiqladi. Hujumlar davomida shprislar orqali narkotik moddalardan foydalanilgan-foydalanilmagani toksikologik tekshiruvlar orqali aniqlanmoqda.

Festival mamlakat bo‘ylab millionlab odamlarni jalb qilgan bo‘lib, ayniqsa Parijdagi to‘planish “misli ko‘rilmagan” deb baholangan. Politsiya va tergov organlari jamoat xavfsizligini ta’minlash maqsadida surishtiruv ishlarini davom ettirmoqda.

So‘nggi yillarda Fransiyada ommaviy tadbirlar chog‘ida shprits bilan hujumlar ko‘paygani kuzatilmoqda. Mutaxassislar bu holat jamoat sog‘lig‘i va xavfsizligi uchun jiddiy tahdid ekanini ta’kidlashmoqda.

    Boshqa yangiliklar