Braziliyaning Rio Branko qamoqxonasi mahbusi Leandro da Silva ikki kun davomida o‘zi qazigan tunnel orqali qochishga uringanda devorga tiqilib qoldi. Bu haqda zamon.uz xabar berdi.
Erkak supurgi tutqichi va mix yordamida beton devorni teshib o‘tib, shu orqali yashirincha chiqib ketishga harakat qilgan.
Qo‘riqchilar kameradagi “shubhali harakat”ni payqab, nima bo‘layotganini tekshirish uchun kelgan. Shundan so‘ng ular qochishga urinayotgan mahbusni ko‘rishgan va qutqaruvchilarni chaqirishgan.
Erkakka birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilib, o‘z kamerasiga qaytarilgan. Hozirda u qochishga tayyorgarlik ko‘rish uchun buyumlarni qanday qo‘lga kiritgani o‘rganilmoqda.