Andijon viloyati IIB JXX YHXB axborot xizmati ushbu YTH haqida batafsil ma’lumot berdi.
Ma’lumotga ko‘ra, joriy yilning 14 iyun kuni soat 12:40lar chamasida, Shaxrixon tumani “Dolan” MFY xududidan o‘tgan 4R-112 davlat ahamiyatidagi avtomobil yo‘lining 5 km.da “Shahrixon - Oltinko‘l” yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib ketayotgan “Damas” rusumli transport vositasi haydovchisi 2006 yilda tug‘ilgan N.J. o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan transport vositasini noto‘g‘ri quvib o‘tishi ya’ni oldingi bo‘lakka ulgurib o‘ta olmaganligi oqibatida “Oltinko‘l-Shahrixon” yo‘nalishida harakatlanib kelayotgan “Damas” rusumli transport vositasi bilan to‘qnashib, yo‘l-transport hodisasi sodir etgan.
Ushbu YTH oqibatida, avtomashinalar texnik shikastlangan, bir nafar yo‘lovchi yengil darajadagi tan-jarohati olib tuman shifoxonasiga murojaat qilgan.
Mazkur xolat yuzasidan Shahrixon tumani IIB YHXG xodimlari surishtiruv ishlarini olib bormoqda, deyiladi xabarda.