2025 yil iyun oyida “O‘zenergoinspeksiya”ning Toshkent viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan rejalashtirilgan nazorat tadbiri davomida Parkent tumanida joylashgan “S. S. B.” mas’uliyati cheklangan jamiyatiga tegishli bino hududida gaz ta’minoti tizimida jiddiy qonunbuzarlik holati aniqlangan.
Xususan, mazkur obyektda o‘rnatilgan gaz hisoblagich qurilmasiga tashqi ta’sir o‘tkazilgan bo‘lib, buning natijasida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanib kelingani aniqlangan.
Dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, ushbu huquqbuzarlik oqibatida gaz ta’minoti tashkilotiga 999,2 million so‘m miqdorida moddiy zarar yetkazilgan.
Mazkur holat yuzasidan hozirgi paytda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan tergovga qadar surishtiruv ishlari olib borilmoqda.