AsosiyJamiyat

Toshkentda 2 erkak tanishini bo‘g‘ib, o‘ldirdi

Janjalga fuqarolar o‘rtasidagi qarz sabab bo‘lgan.

'Toshkentda 2 erkak tanishini bo‘g‘ib, o‘ldirdi'ning rasmi

Toshkentda 2 erkak tanishini bo‘g‘ib, o‘ldirdi. Bu haqda MIllar dasturida xabar berilgan.

Ma’lum qilinishicha, sudlanuvchilar 1986 va 1981 yilda tug‘ilgan. Janjalga fuqarolar o‘rtasidagi qarz sabab bo‘lgan. Sudlanuvchi jabrlanuvchidan qarz olib, uni vaqtida qaytarib bermaydi. Oqibatda sudlanuvchi tanishi bilan birga jabrlanuvchini o‘ldirish rejasini tuzadi.

“Men marhumni umuman tanimas edim. Faqat hamkasbim bilan urishganligi uchun o‘rtasiga qo‘shildim. Jabrlanuvchi sherigimdan “14 500 AQSH dollari berishing bor, bugun bergin”,- deb so‘radi. Keyin sherigimga “2 kun muhlat ber. Bitta joydan pul kelishi bilan qaytaraman”,- dedi. So‘ngra sherigim bilan so‘kishib ketishdi”,- deydi sudlanuvchilardan biri.

Aniqlanishicha, fuqarolar marhumni o‘ldirgandan so‘ng jasadni Matiz avtomobiliga ortishadi. 1-sudlanuvchi aybini yashirish uchun marhumni qayerda ekanligini bilsa-da, uni oilasiga qo‘shilib, birgalikda izlaydi. 2-sudlanuvchi esa marhumni mashinada bir necha soat olib yurib, uni xilvat joyga tashlab ketadi.

Holat yuzasidan sud ishi JIB Shayxontohur tuman sudida ko‘rib chiqildi.

Sud hukmiga ko‘ra, sudlanuvchi fuqarolar JKning 97-moddasi 2-qismi “v”, “i”, “p” bandlari, 168-moddasi 4- qismi “a” bandi, 169-moddasi 3 qismi “a” bandi, 267-moddasi 2-qismi “b” bandida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybdor deb topildi. Ularga nisbatan 20 yil ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlandi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Andijonda ikkita "Damas" to‘qnashib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 16:59

    Andijonda ikkita "Damas" to‘qnashib ketdi

    19 yoshli haydovchi o‘zi bilan bir yo‘nalishda oldinda harakatlanib ketayotgan mashinani quvib o‘tmoqchi bo‘lgan.

    'Toshkentda "Tez yordam" mashinasi va Spark o‘rtasida YTH sodir bo‘ldi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 15:33

    'Toshkentda qalbaki quyma oltin sotayotganlar qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 14:19

    Toshkentda qalbaki quyma oltin sotayotganlar qo‘lga tushdi

    Ular 2,06 kg "tilla"ni 70 ming dollarga pullamoqchi bo‘lgan.

    'Qoraqalpog‘istonda fuqaroning mashinasidan 50 kg "opiy" moddasi topildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:12

    Qoraqalpog‘istonda fuqaroning mashinasidan 50 kg "opiy" moddasi topildi

    Ushbu giyohvandlik moddasi Tojikistondan olib kelingan bo‘lgan.

    'Bugun harorat 40 darajagacha ko‘tariladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 08:13

    Bugun harorat 40 darajagacha ko‘tariladi

    14 iyun kungi ob-havo ma’lumotlari e’lon qilindi.

    '“Qo‘shningni videoga ol, 925 ming so‘m ishla!”'ning rasmi

    Jamiyat 13.06.2025 19:56

    “Qo‘shningni videoga ol, 925 ming so‘m ishla!”

    Suv bo‘yicha huquqbuzarliklar haqidagi foto va videoyozuvlarni taqdim etganlarni rag‘batlantirish bilan belgilangan tartiblar ichimlik yoki maishiy ehtiyoj uchun ishlatiladigan suv iste’moliga taalluqli edimi? Ijtimoiy tarmoqlarda tarqalgan havotirlarga rasmiy izoh berildi.