AsosiyJamiyat

Samarqandda tok urgan ishchilar vafot etdi

Ular do‘konga kamera o‘rnatayotgan bo‘lgan.

'Samarqandda tok urgan ishchilar vafot etdi'ning rasmi

Joriy yilning 8 iyun kuni Samarqand viloyatining Toyloq tumanida do‘konga kamera o‘rnatishga borgan xususiy firma ishchilari tok urushi oqibatida vafot etdi. Ushbu holatni darakchi.uz so‘roviga asosan “Hududiy elektr tarmoqlari” AJ matbuot kotibi Faxriddin Nuraliyev tasdiqladi. 

Qayd etilishicha, tumanning Bog‘izag‘on mahallasidagi savdo do‘koniga kuzatuv videokamerasi o‘rnatayotgan xususiy firma ishchilari baxtsiz hodisa oqibatida vafot etgan. Ikki nafar xodim ish jarayonida ehtiyotsizlik qilib, metall narvonni “Anzur” fiderining havo elektr uzatish tarmog‘iga tekkizgan. Oqibatda esa ikki ishchini ham tok urgan.

Bildirilishicha, ayni damda tegishli tashkilotlar tomonidan holat bo‘yicha qo‘shimcha tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar