AsosiyJamiyat

Buxoroda fuqaro echkiemarga nos chektirdi

Shafqatsiz erkak qo‘lga olingan.

'Buxoroda fuqaro echkiemarga nos chektirdi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda Buxoro viloyatida fuqaro O‘zbekiston Qizil kitobga kiritilgan bo‘z echkiemarga nisbatan shafqatsiz munosabatda bo‘lganligi haqida xabarlar tarqalgan. 

Mazkur holat yuzasidan Buxoro viloyati prokuraturasi, Ichki ishlar va Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi boshqarmasi xodimlaridan iborat ishchi guruh tuzilib, tezkor o‘rganish ishlari amalga oshirilgan.

Ma’lum qilinishicha, joriy yil 1 iyun kuni Jondor tumani “Yosh Kuch” mahallasida yashovchi fuqaro G‘.G‘. cho‘l hududidagi dala shiyponiga tasodifan kirib qolgan bo‘z echkiemarni ushlab, uning og‘ziga tamaki mahsulotini solgan va keyinchalik yaylovga qo‘yib yuborgan.

Ushbu holat yuzasidan tegishli hujjatlar rasmiylashtirilib, hozirda ichki ishlar organlari tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda.

Tekshiruv harakatlari prokuratura tomonidan nazoratga olingan.

Huquqbuzarga nisbatan hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun viloyat IIB tomonidan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksining 111-moddasi 1-qismiga nisbatan bayonnoma rasmiylashtirilgan.

    Boshqa yangiliklar