Avstriyaning Graz shahrida otishma yuz berdi. Bu haqda “BBC”yozmoqda.
Qayd etilishicha, mazkur holat ortidan 10 kishi hayotdan ko‘z yumgan, 12 fuqaro esa yaralangan.
Bildirilishicha, otishma Graz shahri shimoli-g‘arbidagi “Dreierschutzengass” o‘rta maktabida sodir bo‘lgan.
Politsiya ma’lumotiga ko‘ra, 21 yoshli hujumchi — ushbu maktabning sobiq o‘quvchisining jinoyatdan so‘ng maktab hojatxonasida o‘z joniga qasd qilgan.
Otishmada halok bo‘lganlarning yettitasini o‘quvchilar tashkil etgan. Ular orasida olti ayol va uch erkak bor, yana bir ayol kasalxonada vafot etgan.