AsosiyJinoyat

Xorazmda qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi

U yer ajratish va hujjatlarni rasmiylashtirish evaziga fuqarodan 4000 dollar talab qilgan.

'Xorazmda qishloq xo‘jaligi bo‘limi xodimi pora bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

Xorazm viloyati Yangiariq tumani qishloq xo‘jaligi bo‘limining mas’ul xodimi davlatga tegishli 29 gektar yer maydonini chorvachilik uchun 49 yilga ijaraga berish va bu jarayonda kadastr hujjatlarini rasmiylashtirib berish evaziga fuqarodan 4000 AQSH dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati hamda Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda u 3900 AQSH dollari va 1 million 297 ming so‘mni olgan paytda ashyoviy dalillar bilan qo‘lga olindi.

Hozirda unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi “a” bandi hamda 28, 211-moddasi 1-qismi asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar