Ijtimoiy tarmoqlarda YPX xodimlari tomonidan haydovchiga kuch ishlatilgani aytilgan videolar tarqaldi. Holat yuzasidan viloyat YHXB rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, 5 iyun kuni Jarqo‘rg‘on tumani Surxon qishlog‘i hududida xizmat olib borayotgan YPX xodimlari quvib o‘tish qoidasini buzib, xavfli harakat qilgan Lacetti’ga to‘xtash to‘g‘risida ishora ko‘rsatgan. Haydovchi esa harakatni davom etib qochib ketishga uringan.
Transport vositasi “qidiruvda” bo‘lgani, ilgari ham YPX xodimlarining qonuniy talablariga bir necha marotaba bo‘ysunmagani aniqlangan. Ushbu holat YPX xodimlari tomonidan transport vositasini to‘xtatib, huquqbuzarlikni bartaraf etish vaqtida sodir bo‘lgan bo‘lib, hozirda viloyat IIB mas’ul xodimlari tomonidan holat yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda.