AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda avgustdan boshlab bir oylik harbiy xizmat to‘lovi oshiriladi

To‘lov 10 foizga oshib, 8,9 mlnni tashkil qiladi.

'O‘zbekistonda avgustdan boshlab bir oylik harbiy xizmat to‘lovi oshiriladi'ning rasmi

2025 yil 1 avgustdan boshlab O‘zbekistonda mehnatga haq to‘lashning eng kam miqdori 10 foizga oshirilib, 1 million 271 ming so‘m etib belgilanadi. Bu o‘zgarish safarbarlik chaqiruv rezervida (SSR) xizmat qiluvchi fuqarolar uchun to‘lanadigan bir oylik harbiy xizmat haqiga bevosita ta’sir qiladi.

Mazkur to‘lov summasi minimal ish haqi miqdorining 7 barobariga teng hisoblanadi. Shunday qilib, avgustdan boshlab bir oylik harbiy xizmat uchun to‘lov 8 million 85 ming so‘mdan 8 million 897 ming so‘mga oshadi. Ushbu to‘lov biryo‘la yoki yil davomida bo‘lib-bo‘lib to‘lanishi mumkin. Mablag‘lar Mudofaa vazirligining maxsus hisobraqamida jamlanib, harbiy xizmatchilar nafaqasi, moddiy-texnik baza mustahkamlanishi va xizmat ta’minotiga yo‘naltiriladi.

Safarbarlik chaqiruv rezerviga 27 yoshgacha bo‘lgan fuqarolar qabul qilinadi. Ular oylik harbiy yig‘inlarda qatnashadilar, shuningdek, favqulodda vaziyatlar yoki qurolli tajovuz holatlarida haqiqiy harbiy xizmatga safarbar etilishi mumkin. 2019 yildan buyon bir oylik harbiy xizmat to‘lovi bosqichma-bosqich oshirib kelinmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'IELTS endi faqat kompyuterda: O‘zbekistonda 11 iyuldan boshlab “qog‘ozli format” bekor qilinadi'ning rasmi

    Jamiyat 08.07.2025 15:42

    IELTS endi faqat kompyuterda: O‘zbekistonda 11 iyuldan boshlab “qog‘ozli format” bekor qilinadi

    Bu o‘zgarish IDP, British Council va Cambridge University Press Assessment tomonidan o‘tkaziladigan barcha imtihonlarga tegishli.

    'O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi ma’lum qilindi'ning rasmi

    Jamiyat 08.07.2025 13:48

    O‘zbekistonning 5 ta viloyatida sel xavfi ma’lum qilindi

    Respublikaning ayrim hududlarida yomg‘ir suvlari to‘planishi ehtimoli bor, bu esa hududlarni suv bosishiga olib kelishi mumkin.

    'Andijonda 2 sinf o‘quvchilari hovuzda cho‘kib ketdi'ning rasmi

    Jamiyat 08.07.2025 10:01

    Andijonda 2 sinf o‘quvchilari hovuzda cho‘kib ketdi

    Hodisa ortidan 2 sinfdosh halok bo‘lgan.

    'O‘zbekistonliklarga Kanada, Avstraliya va boshqa davlatlarga viza tartibi soddalashtirilishi mumkin'ning rasmi

    Jamiyat 07.07.2025 20:52

    O‘zbekistonliklarga Kanada, Avstraliya va boshqa davlatlarga viza tartibi soddalashtirilishi mumkin

    Shuningdek, o‘zbekistonliklar uchun respublikada diplomatik vakolatxonasi mavjud bo‘lmagan davlatlarga alohida e’tibor qaratildi.

    'Jizzaxda yo‘qolgan ikki yoshli bolaning jasadi topildi'ning rasmi

    Jamiyat 07.07.2025 17:09

    Jizzaxda yo‘qolgan ikki yoshli bolaning jasadi topildi

    Hodisa yuzasidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    '“Nasaf” futbol klubi muxlislarni haqorat qildimi?'ning rasmi

    Jamiyat 07.07.2025 16:49

    “Nasaf” futbol klubi muxlislarni haqorat qildimi?

    Holat yuzasidan rasmiy munosabat bildirildi.