AsosiyJamiyat

O‘zbekiston Afg‘onistonga 183 tonna insonparvarlik yordami yubordi

Qurbon hayiti munosabati bilan Afg‘oniston xalqiga oziq-ovqat mahsulotlarini o‘z ichiga olgan insonparvarlik yuki yuborildi.

'O‘zbekiston Afg‘onistonga 183 tonna insonparvarlik yordami yubordi'ning rasmi

Qurbon hayiti munosabati bilan Afg‘oniston aholisiga 183 tonna oziq-ovqat mahsuloti ortilgan navbatdagi insonparvarlik yordami yuklari Balx viloyatiga yetkazildi. Bu haqda Termiz shahar hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

Shavkat Mirziyoyev topshirig‘i bilan yuborilgan ushbu insonparvarlik yuklari Hayraton shahridagi Astras kompaniyasi hududida prezidentning Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Ismatilla Irgashev, Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov hamda Balx viloyati gubernatorining o‘rinbosari Nurulhodi Abuidris, shuningdek, ikki tomon rasmiylari ishtirokida topshirildi.

Insonparvarlik yordami tarkibidan un, guruch, shakar, makaron va qandolat mahsulotlari, o‘simlik yog‘i, tez tayyorlanadigan taomlar, qizil loviya va mosh o‘rin olgan.

«Afg‘oniston rasmiylari O‘zbekiston prezidenti va xalqiga ko‘rsatayotgan insonparvarlik yordami uchun minnatdorchilik bildirib, Qurbon hayiti munosabati bilan samimiy tabriklarini yo‘llashdi», — deyiladi xabarda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Oʻzbekiston va AQSH strategik sherikligini chuqurlashtiradi'ning rasmi

    Jamiyat 03.03.2026 17:36

    Oʻzbekiston va AQSH strategik sherikligini chuqurlashtiradi

    Tashqi ishlar vaziri o‘rinbosari mamlakati mizdagi Amerika Qo‘shma Shtatlarining Favqulodda va Muxtor Elchisi Jonatan Henik bilan uchrashdi.

    'O‘zbekiston aeroportlaridan Yaqin Sharqqa parvozlar vaqtincha to‘xtatildi'ning rasmi

    Jamiyat 03.03.2026 16:41

    O‘zbekiston aeroportlaridan Yaqin Sharqqa parvozlar vaqtincha to‘xtatildi

    Yaqin Sharqda keskin vaziyat sabab qator davlatlarga amalga oshiriladigan aviaqatnovlar vaqtincha bekor qilindi. Cheklovlar muddati hozircha ochiqlanmagan.

    'Toshkentda 2 tezkor xodimga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi'ning rasmi

    Jamiyat 03.03.2026 14:13

    Toshkentda 2 tezkor xodimga jinoyat ishi qoʻzgʻatildi

    Toshkent shahar IIBBning 2 nafar tezkor xodimi o‘z xizmat mavqeini suiiste'mol qilgan holda pora talab qilishi va noqonuniy harakatlari fosh etildi.

    'O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi'ning rasmi

    Jamiyat 03.03.2026 12:19

    O‘zbekistonda dollar kursi ko‘tarildi

    Markaziy bank 4 martdan xorijiy valyutalarning so‘mga nisbatan yangi qiymatini belgiladi.

    '13 o'zbekistonlik Erondan olib chiqildi'ning rasmi

    Jamiyat 03.03.2026 12:11

    13 o'zbekistonlik Erondan olib chiqildi

    Fuqarolar Turkmaniston orqali O‘zbekistonga qaytarildi.

    '8 martda o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?'ning rasmi

    Jamiyat 03.03.2026 10:47

    8 martda o‘zbekistonliklar necha kun dam oladi?

    Bu yil Xalqaro xotin-qizlar kuni yakshanba to‘g‘ri kelishi munosabati bilan dam olish kuni ko‘chiriladi.