Energetika tariflari islohotlarining kam ta’minlangan oilalarga ta’sirini yumshatish maqsadida 2024-2025 yilgi isitish mavsumida 313,6 mlrd so‘m bir martalik moddiy yordam va kompensatsiya to‘lovlari to‘lab berildi.
Ijtimoiy himoya milliy agentligi tomonidan “Ijtimoiy himoya yagona reyestri” axborot tizimi orqali 2024 yilning noyabr oyida 1,1 mln ta oilaga 290 mlrd so‘m – bir martalik 270 ming so‘m yordam to‘lab berildi. Bu ijtimoiy reyestrdagi 950 ming oila va mahalla yettiligining 15 foizgacha qo‘shimcha ro‘yxati asosida to‘lab berildi.
Shuningdek, isitish mavsumida tabiiy gaz va elektr quvvatining bazaviy me’yor doirasidagi hamda bazaviy me’yordan oshgan narxlar o‘rtasidagi farq uchun (2024-2025 yil dekabr-aprel) 207 962 nafar oilalarga 23,3 mlrd. so‘m kompensatsiya to‘lovlari ajratildi.
Kompensatsiya va moddiy yordam ajratishda ulushi eng yuqori bo‘lgan hududlar:
Farg‘ona viloyatida 40,6 mlrd. so‘m;
Qashqadaryo viloyatida 37,3 mlrd. so‘m;
Namangan viloyatida 35,2 mlrd. so‘m yordamlar ajratilgan.
Ushbu yordamlar orqali oilalarning elektr va tabiiy gaz resurslaridan foydalanganlikdagi xarajatlarini kamaytirishga hamda moliyaviy muammolarni kamaytirishga yordam beradi.