AsosiyJamiyat

Toshkentda “Damas” hamda “Skuter” ishtirokida dahshatli YTH sodir bo‘ldi

Hodisa ortidan bir nafar shaxs halok bo‘lgan.

'Toshkentda “Damas” hamda “Skuter” ishtirokida dahshatli YTH sodir bo‘ldi'ning rasmi

Poytaxt Toshkentning Sergeli tumanida “Damas” va “Skuter” ishtirokida mudhish yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. YTH ortidan bir nafar shaxs qurbon bo‘ldi. Avtomashina va mototransport tanib bo‘lmas darajaga kelib qolgan.

YTH kecha, 2 iyun kuni soat 23:50 larda Sergeli tumani Mirzo “Tursunzoda-Mehrigiyo”  ko‘chalari chorrahasida sodir bo‘lgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB Tergov boshqarmasi tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Boshqa yangiliklar