AsosiyDunyo

Turkiyada yana yuqori magnitudali zilzila sodir bo‘ldi

Hodisa ortidan 69 kishi jarohatlangani aytilmoqda.

'Turkiyada yana yuqori magnitudali zilzila sodir bo‘ldi'ning rasmi

Turkiyaning janubi-g‘arbiy sohillarida 5,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldi. Bu haqda mamlakatning Tabiiy ofatlar va favqulodda vaziyatlar boshqarmasi (AFAD) ma’lum qildi.

Ma’lum qilinishicha, zilzila epimarkazi Egey dengizida, Marmaris shahridan 10,43 km uzoqlikda. Zilzila o‘chog‘i esa 67,91 kilometr chuqurlikda joylashgan. Mug‘la gubernatori Idris Oqbiyiq zilziladan keyin vahimaga tushib balandlikdan sakragan 34 kishi jarohatlanganini aytgan.

Hozirda jami jarohatlanganlar soni 69 kishini tashkil etmoqda. Yer silkinishi tufayli 14 yoshli bola vahimaga tushib, vafot etgan.

Jami 55 kishi shifoxonalarga murojaat qilgan. 14 nafar odam shifoxonaga borishga rozi bo‘lmay, joyida davolangan.

Eslatib o‘tamiz, joriy yilning 23 aprel kuni Turkiyaning eng yirik megapolisi – Istanbul shahrida kuchli yer silkinishi qayd etilgan edi.

Shu vaqtda mahalliy OAV tarqatgan ma’lumotlarga ko‘ra, tektonik harakatlarning kuchi 6,2 ballga yetgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Tabiiy ofatlar soni nega oshib bormoqda?'ning rasmi

    Dunyo 04.06.2025 17:43

    Tabiiy ofatlar soni nega oshib bormoqda?

    Olimlarning ta’kidlashicha, so‘nggi yillarda qayd etilgan kuchli tabiiy ofatlar inson omili bilan bog‘liq iqlim o‘zgarishi natijasidir. Ular nafaqat harorat oshishi, balki ofatlar soni va kuchayishi bilan ham namoyon bo‘lmoqda.

    'Ahmad ash-Shara AQSHga boradi'ning rasmi

    Dunyo 04.06.2025 17:03

    Ahmad ash-Shara AQSHga boradi

    Tashrif davomida u BMT Bosh Assambleyasida nutq so‘zlashi rejalashtirilgan.

    'Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi'ning rasmi

    Dunyo 04.06.2025 13:55

    Islandiya sobiq prezidenti milliy bog‘ga gid bo‘lib ishga joylashdi

    Hozirda sobiq davlat rahbari ekskursiyalar o‘tkazib, tashrif buyuruvchilarning savollariga javob bermoqda.

    ''ning rasmi

    Dunyo 04.06.2025 13:51

    'Ilon Mask Trampning qo‘llab-quvvatlagan qonun loyihasini “jirkanch” deb atadi'ning rasmi

    Dunyo 04.06.2025 11:25

    Ilon Mask Trampning qo‘llab-quvvatlagan qonun loyihasini “jirkanch” deb atadi

    Mashhur milliarder Ilon Mask AQSH Kongressida ko‘rib chiqilayotgan yangi xarajatlar haqidagi qonun loyihasini keskin tanqid qildi.

    'Japarov Atamboyevni afv etmoqchimi?'ning rasmi

    Dunyo 04.06.2025 10:54

    Japarov Atamboyevni afv etmoqchimi?

    Qirg‘iziston yetakchisi sobiq davlat rahbari Almazbek Atamboyevga nisbatan chiqarilgan sud qaroriga izoh berdi.