AsosiyJamiyat

O‘zbekistonda tarvuz-qovundan zaharlanib, vafot etish holatlari qayd etilgani rad etildi

Ijtimoiy tarmoqda qovun va tarvuz mahsulotlarini iste’mol qilish oqibatida bir necha fuqaroning vafot etganligi to‘g‘risida tarqalgan xabarlarga oydinlik kiritildi.

'O‘zbekistonda tarvuz-qovundan zaharlanib, vafot etish holatlari qayd etilgani rad etildi'ning rasmi

Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi respublikamizda bu kabi holatlar qayd etilmaganligini va xabar asossizligini ma’lum qiladi.

Qayd o‘tilishicha, poliz mahsulotlarini iste’mol qilish bilan bog‘liq oshqozon-ichak faoliyatining buzilish holatlari uchrab turishi mumkin va unga bir necha omillar sabab bo‘ladi:

  • odam organizmining o‘ziga xos xususiyatlariga;
  • bir paytda iste’mol qilish mumkin bo‘lmagan mahsulotlarning aralashtirib iste’mol qilinishi;
  • poliz mahsulotining eskirib qolganligi (kesilgandan keyin uzoq vaqt turib qolganligi);
  • ular tarkibida nitrat va nitritlarning me’yordan ortiqligi va boshqalar.

Sanepidqo‘mita ogohlantiradi!Aholi poliz mahsulotlarini xarid qilishda quyidagilarga e’tibor qaratishi zarur:

  • faqat ruxsat etilgan (savdo rastalari, bozor hududi, savdo majmualari) joylardan poliz mahsulotlarini xarid qiling;
  • poliz mahsulotlarni xarid qilish jarayonida laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tganligiga e’tibor qarating;
  • katta (magistral) yo‘l yoqalari, aholi yashash mavzelarida sotilayotgan poliz mahsulotlari laboratoriya tekshiruvlaridan o‘tmagan bo‘lishi mumkinligi unutmang!

    Boshqa yangiliklar