AsosiyJamiyat

Samarqanddagi maktabda 18 yoshli qiz tengdoshlarini kaltakladi

Holat yuzasidan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy bayonot berdi.

'Samarqanddagi maktabda 18 yoshli qiz tengdoshlarini kaltakladi'ning rasmi

Ijtimoiy tarmoqlarda qizlarning janjali aks etgan video tarqalib, holat joriy yil 29 aprel kuni Samarqand viloyatining Pastdarg‘om tumanidagi 83-sonli maktabda sodir bo‘lgani aytildi. Xabarlarda maktab direktori o‘quvchilarni ularni so‘rab kelgan zo‘ravonlarga topshirgani ham iddao qilingan. Ushbu holat yuzasidan Samarqand viloyati Ichki ishlar boshqarmasi rasmiy bayonot berdi.

Qayd etilishicha, joriy yil 29 aprel kuni Pastdarg‘om tumani Qo‘shquduq mahallasi hududidan o‘tuvchi avtomobil yo‘lida hamda tumanning 83-sonli umumta’lim maktabi hududida Samarqand shahrida yashovchi, 2007 yilda tug‘ilgan fuqaro E.B. jamiyatdagi yurish-turish qoidalarini qasddan mensimagan holda, ushbu maktabning 11-sinf o‘quvchilariga tan jarohati yetkazgan.

Mazkur holat bo‘yicha Pastdarg‘om tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan 18 yoshli fuqaro E.B.ga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 277-moddasi 3-qismi (Bezorilik) bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda.

Ayni paytda maktab direktori rostdan ham o‘quvchi qizlarni bezorining oldiga olib chiqqan-chiqarmagani haqida aniq ma’lumot berilmagan.

    Boshqa yangiliklar