AsosiyJamiyat

Andijonda sifatsiz neft mahsulotlarini sotayotgan AYOQSH aniqlandi

AYOQSHga qariyb 50 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi.

'Andijonda sifatsiz neft mahsulotlarini sotayotgan AYOQSH aniqlandi'ning rasmi

"O‘zenergoinspeksiya" Andijon viloyat hududiy boshqarmasi tomonidan o‘tkazilgan nazorat tadbirida Jalaquduq tumanida joylashgan "B.K." MCHJga qarashli AYOQSH tomonidan sotilayotgan AI-92 markali avtobenzindan namunalar olinib, laboratoriyada tahlil qilinganda davlat standart talablariga mos kelmasligi (sifatsiz) aniqlandi.

Ushbu qoidabuzarlik natijasida O‘zbekiston Respublikasining 940-sonli Qonunining 43-moddasi bo‘yicha hisob-kitob qilinib, 48,3 mln so‘m miqdorida jarima qo‘llanildi. 

    Boshqa yangiliklar