AsosiyJamiyat

Samarqandda qadimiy tangalarni Istanbulga olib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga tushdi

Tangalar 1923 yilda Turkiya Jumhuriyatida zarb qilingan.

'Samarqandda qadimiy tangalarni Istanbulga olib ketmoqchi bo‘lgan fuqaro qo‘lga tushdi'ning rasmi

Samarqand viloyatida Istanbulga uchayotgan fuqaro qadimiy tilla tangalarni yashirincha olib ketmoqchi bo‘ldi. Bu haqda Bojxona qo‘mitasi xabar berdi. 

Keltirilishicha, Samarqand xalqaro ayeroportida bojxona xodimlari Istanbulga parvoz qilayotgan yo‘lovchilardan biri 2 dona qadimiy tilla tangalarni yashirincha olib chiqib ketayotgan vaqtida fosh qilindi.

Tangalar 1923 yilda Turkiya Jumhuriyatida zarb qilingan 100 kurush va 65 kurush ekani aniqlandi. Ularning taxminiy qiymati dastlabki hisob-kitoblarga ko‘ra, 15 mln so‘mni tashkil qilmoqda.

Ma’lumot uchun, O‘zbekistondan yaratilganiga 50 yildan oshgan madaniy boyliklar, shu jumladan numizmatika ashyolarini olib chiqish mumkin emas.

    Boshqa yangiliklar