Ijtimoiy tarmoqlarda “Afrosiyob” tezyurar elektropoyezdida sodir bo‘lgan yong‘in aks etgan video tarqaldi. Holat yuzasidan “O‘zbekiston temir yo‘llari”ma’lumot berdi.
Qayd etilishicha, yong‘in faqat poyezdni tashish bo‘yicha yordamchi ishlarni bajaruvchi manyovr lokomotiviga ta’sir qilgan. “Afrosiyob” poyezdi yong‘inga uchramagan va ertaga jo‘nab ketadi.
Yonayotgan teplovoz ichida yo‘lovchilar borligi haqidagi da’volar noto‘g‘ri. O‘sha paytda poyezd yo‘lovchilarni tashimagan.
Voqea joyiga yetib kelgan o‘t o‘chiruvchilar yong‘inni butunlay o‘chirdi.
“Afrosiyob” tezyurar elektr poyezdining barcha qatnovlari jadvalga o‘zgartirishlarsiz amalga oshiriladi.