Qashqadaryo viloyatida Davlat xavfsizlik xizmati va ichki ishlar organlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida “Jihodchilar” diniy-ekstremistik oqimiga mansub yashirin jamoa faoliyati fosh etildi. Buxaqda DXX “Darakchi.uz” malum qildi.
Ma’lumotlarga ko‘ra, Qarshi tumanida yashovchi, 1977-yilda tug‘ilgan, bir necha bor jinoiy javobgarlikka tortilgan shaxs 1964–1986-yillar oralig‘ida tug‘ilgan 7 nafar fuqaroni o‘z jamoasiga jalb qilgan. Ular xonadonlarda yig‘ilishlar o‘tkazib, “halifalik” g‘oyalarini muhokama qilgan.
Tergov davomida ular ijtimoiy tarmoqlar orqali terrorchi tashkilotlar targ‘ibotiga oid audio va videolarni tarqatgani, ekstremistik g‘oyalarni boshqalarga singdirishga uringani aniqlangan.
Guruh yetakchisi va a’zolarining 4 nafari avval ham jinoyat sodir etgan bo‘lib, qamoqda bo‘lishgan. Shunga qaramay, ular o‘z xatolaridan xulosa chiqarmagan.
Qarshi tuman sudi tomonidan ular Jinoyat kodeksining 159, 244 prim 1 va 244 prim 2 moddalari bo‘yicha aybli deb topilib, 6-yildan 10-yil 6 oygacha ozodlikdan mahrum etildi.