AsosiyJinoyat

Xorazmda soliq inspektori, Qashqadaryoda esa sud eksperti pora bilan ushlandi

Ular fuqarolarning qarzdorligini pora evaziga yo‘q qilishni va’da qilishgan.

'Xorazmda soliq inspektori, Qashqadaryoda esa sud eksperti pora bilan ushlandi'ning rasmi

Xorazm viloyati Yangiariq tumani davlat soliq inspeksiyasi hodimi trikotaj mahsulotlari ishlab chiqarish va savdosi bilan shug‘ullanuvchi xususiy korxonaning soliq qarzini undirmasdan, bankrot deb topilishiga ko‘maklashish evaziga 900 AQSH dollari pora olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan. Bu haqda darakchi.uz ga DXX matbuot xizmati xabar berdi.

Unga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "v" bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Qashqadaryo viloyati Yakkabog‘ tumanida esa muqaddam sudlangan shaxs chorvachilikka ixtisoslashgan fermer xo‘jaligiga suv ta’minotiga noqonuniy ulanish holatini yopib berish evaziga fermerdan 1500 AQSH dollari olgan paytda qo‘lga olindi.

Shu ishda Respublika sud-ekspertiza markazining Qashqadaryo viloyati bo‘linmasi eksperti ham ishtirok etgani aniqlandi — u mazkur mablag‘ni olgan paytda ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Ikki holat yuzasidan ham Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi "v" bandi, shuningdek 28 va 211-moddalari asosida jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov ishlari davom etmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Farg‘onada 586 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan oshxona aniqlandi'ning rasmi

    Jinoyat 22.05.2025 08:02

    Farg‘onada 586 mln so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan oshxona aniqlandi

    Holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 169-moddasi (o‘g‘rilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Qashqadaryoda uch advokat firibgarlik bilan qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jinoyat 21.05.2025 08:43

    Qashqadaryoda uch advokat firibgarlik bilan qo‘lga tushdi

    Hozirda ularga nisbatan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga binoan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

    'Toshkentda narxi taxminan 1 million dollarlik 10 kgga yaqin sintetik giyohvandlik vositasi ushlandi'ning rasmi

    Jinoyat 20.05.2025 22:08

    Toshkentda narxi taxminan 1 million dollarlik 10 kgga yaqin sintetik giyohvandlik vositasi ushlandi

    DXX Qozog‘iston orqali olib kirilgan sintetik giyohvandlik moddalari fosh etildi. Ushbu moddalar turli joylarga yashirilgan holda mamlakatga olib kirilgan.

    'So‘ngi bir haftada energiyaga 37,9 mlrd so‘m zarar yetkazildi'ning rasmi

    Jinoyat 19.05.2025 11:44

    So‘ngi bir haftada energiyaga 37,9 mlrd so‘m zarar yetkazildi

    Qoidabuzar iste’molchilarga nisbatan belgilangan tartibda choralar ko‘rilgani aytilmoqda.

    '“Baxti Tashkentskiy”ning odami qamaldi'ning rasmi

    Jinoyat 16.05.2025 11:13

    “Baxti Tashkentskiy”ning odami qamaldi

    Unga nisbatan tovlamachilik ishi bo‘yicha sud hukmi o‘qilgan.

    'Yer savdosi atrofidagi “qora bozorchilik”: firibgarlar qamrovida kimlar bor?'ning rasmi

    Jinoyat 16.05.2025 09:33

    Yer savdosi atrofidagi “qora bozorchilik”: firibgarlar qamrovida kimlar bor?

    4 viloyatda viloyatlarida o‘tkazilgan tadbirlarda yuz minglab dollarlar, millionlab so‘mlar evaziga noqonuniy yer savdosi bilan bog‘liq holatlar fosh etildi.