AsosiyDunyo

Afg‘oniston Rossiyadagi elchiligiga nomzod ko‘rsatdi

Rossiya Oliy sudi terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilgan "Tolibon" harakati faoliyatiga qo‘yilgan taqiqni to‘xtatgan edi.

'Afg‘oniston Rossiyadagi elchiligiga nomzod ko‘rsatdi'ning rasmi

Qobul Afg‘onistonning Rossiya Federatsiyasidagi elchisi lavozimiga nomzodni Moskvaga taqdim etdi, Rossiya davlat ommaviy axborot vositalarining xabar berishicha, bu haqda Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulov ma’lum qildi.

"Nomzod ma’lum, u hozirda Tashqi ishlar vazirligi tomonidan ko‘rib chiqilmoqda. Ular bizga nomzodni odatdagidek yuborishdi, endi bu nomzod Rossiya idoralarida idoralararo kelishuvdan o‘tmoqda," - dedi u "Rossiya - Islom dunyosi. KazanForum2.

Avvalroq Rossiya Oliy sudi terrorchilik tashkilotlari ro‘yxatiga kiritilgan "Tolibon" harakati faoliyatiga qo‘yilgan taqiqni to‘xtatgan edi. Shundan so‘ng, Rossiya TIV Afg‘oniston vakilligini elchi darajasiga ko‘tarish to‘g‘risida qaror qabul qilinganini ma’lum qildi.

Rossiya prezidentining Afg‘oniston bo‘yicha maxsus vakili Zamir Kabulovning RIA Novostiga bergan intervyusida aytishicha, toliblar hukumati tomonidan tayinlanadigan afg‘on elchisi Moskvaga kelishi afg‘on hukumatini tan olish masalasiga nuqta qo‘yadi.

    Boshqa yangiliklar