Germaniya mudofaa vaziri Boris Pistorius NATOga a’zo davlatlar harbiy xarajatlarini yalpi ichki mahsulotning 3 foizidan ko‘proq miqdoriga yetkazishini amaliy va bajarilishi mumkin bo‘lgan maqsad deb hisoblaydi.
“Juda muhim jihat shuki, NATO maqsadlariga tezkor, to‘liq va o‘z vaqtida erishish zarur”, — deydi u jurnalistlarga.
Avvalroq Germaniya tashqi ishlar vaziri Yohann Vadeful AQSH davlat kotibi Marko Rubio bilan muzokaralardan so‘ng, Berlin Donald Trampning NATO a’zolariga harbiy xarajatlarni 5 foizgacha oshirish haqidagi talabini ham ko‘rib chiqishga tayyorligini bildirgandi.