AsosiyDunyo

Italiyada deputat parlament yig‘ilishiga arvoh kiyimida keldi

U Bosh vazirni qo‘rqitmoqchi bo‘lgan.

'Italiyada deputat parlament yig‘ilishiga arvoh kiyimida keldi'ning rasmi

14 may kuni Italiya parlamentida g‘alati va e’tiborli voqea yuz berdi deya xabar bermoqda zamon.uz.

Deputat Rikardo Madji boshiga choyshab yopib, arvoh kiyimida parlament zaliga kirib, Bosh vazir Jorjiya Melonini qo‘rqitishga urindi.

Voqea Bosh vazir Meloni parlament a’zolarining savollariga javob berayotgan paytda sodir bo‘lgan. Madji, «Yevropa+» muxolifat partiyasining kotibi, boshiga oq choyshab yopib, o‘zini arvoh sifatida ko‘rsatib, tribuna tomon yo‘l oldi va Meloniga nisbatan tanqidlar yog‘dira boshladi.

Madji, 8-9 iyun kunlariga belgilangan referendumga e’tibor qaratdi. Bu referendumda fuqarolik va mehnat qonunchiligi bilan bog‘liq beshta masala muhokama qilinadi. Madji 2016 yilda, Meloni muxolifatda bo‘lgan paytda, u o‘shanda referendum haqida sukut saqlaganini tanqid qildi.

Madji hozirda, aynan shu holatni qayta takrorlanayotganini va hozirgi hokimiyat vakillarining saylov uchastkalariga bormaslikni tavsiya qilishlariga noroziligini bildirib, buni norozilik namoyishi sifatida amalga oshirdi. Natijada, Madji parlament zalidan chiqarib yuborildi. U olib chiqilayotgan vaqtda Bosh vazir Meloni yuzida tabassum bilan voqeani tomosha qilib, «arvoh» deputatni telefonida videoga oldi.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Armaniston parlamentida spiker va muxolifat deputati o‘rtasidagi og‘zaki tortishuv oxir-oqibat mushtlashuvga aylanib ketgandi. Mojaroni to‘xtatish uchun Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari zalga kiritilgan va spiker 20 daqiqalik tanaffus e’lon qilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Putin va Makron telefon orqali gaplashdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:22

    Putin va Makron telefon orqali gaplashdi

    Ikki davlat yetakchisi 2022 yildan beri ilk bor suhbat olib borgan.

    'Daniya ayollar uchun ham majburiy harbiy xizmat joriy etdi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:20

    Daniya ayollar uchun ham majburiy harbiy xizmat joriy etdi

    Ushbu tizim 2026 yildan to‘liq kuchga kirishi kutilmoqda.

    'Germaniyada Ikkinchi jahon urushida portlamagan bomba topildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 00:18

    Germaniyada Ikkinchi jahon urushida portlamagan bomba topildi

    Mazkur topilma sabab mamlakatning Osnabruk shahrida 20 ming kishi evakuatsiya qilingan.

    'Turkiyaning deportatsiya markazlaridan 50 nafar ayol O‘zbekistonga qaytariladi'ning rasmi

    Dunyo 01.07.2025 20:26

    Turkiyaning deportatsiya markazlaridan 50 nafar ayol O‘zbekistonga qaytariladi

    Endi Turkiyada noqonuniy bo‘lib turgan o‘zbekistonliklar ma’muriy jazosiz ro‘yxatdan o‘tkazilib, yashash va ishlash ruxsatnomalari beriladigan bo‘ldi.

    'Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi'ning rasmi

    Dunyo 01.07.2025 19:03

    Tramp Suriyaga qarshi sanksiyalarni bekor qildi

    20 yillik sanksiyalarni bekor qilinishi Suriyaga qanday yengillik bermoqda?

    'Hindistonda kimyo zavodidagi portlashda 34 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

    Dunyo 01.07.2025 16:09

    Hindistonda kimyo zavodidagi portlashda 34 kishi halok bo‘ldi

    Portlash Hindistonda so‘nggi yillarda ro‘y bergan eng yirik sanoat fojialaridan biri bo‘lgan.