AsosiyJamiyat

Milliy sut mahsulotlari platformasi ishga tushiriladi

Loyihani amalga oshirish davri 7 yil etib belgilandi.

'Milliy sut mahsulotlari platformasi ishga tushiriladi'ning rasmi

O‘zbekistonda chorvachilikning sutchilik tarmog‘i jadal rivojlantiriladi. 14 may kuni “Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi ishtirokidagi O‘zbekistonning sutchilik sohasida qo‘shilgan qiymat zanjirini rivojlantirish (2-bosqich) loyihasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi prezident qarori qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, loyihaning asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

  • Jizzax, Qashqadaryo, Sirdaryo, Samarqand va Surxondaryo viloyatlarida jami 320 ta mahallaga, sut yetishtiruvchi 12 mingta aholi va dehqon xo‘jaligiga xizmat ko‘rsatuvchi 100 ta sut yig‘ish punktini tashkil etish;
  • 865 nafar aholi va dehqon xo‘jaligiga sutni qayta ishlovchi korxonalarni tashkil etish va modernizatsiya qilishga 250 ming AQSH dollarigacha imtiyozli kreditlar ajratishni tashkil etish;
  • sut yetishtiruvchi va sotib oluvchilarni birlashtiradigan Milliy sut mahsulotlari platformasi dasturiy ta’minotini ishga tushirish;
  • qoramollarning mahsulotdorligini oshirish bo‘yicha sut yetishtiruvchi 1,2 ming nafar aholi va dehqon xo‘jaligi vakillarining xorijiy mutaxassislar tomonidan o‘qitish.

Loyihaning umumiy qiymati 53,01 million dollar bo‘lib, uni moliyalash uchun Qishloq xo‘jaligini rivojlantirish xalqaro jamg‘armasi tomonidan 25 yilga 30 million dollar miqdorida imtiyozli kredit hamda 7,8 million dollar miqdorida kredit ajratiladi. Loyiha qiymatidan 5,94 dollar ekvivalentidagi mablag‘lar loyiha ishtirokchilari ulushi, 9,27 million dollar ekvivalentidagi mablag‘lar, shu jumladan, soliq, bojxona va ofis ijara xarajatlari to‘lovi ko‘rinishidagi 3,69 million dollar, investitsiya davrida moliyaviy xarajatlar ko‘rinishidagi 5,558 million dollar ekvivalentdagi mablag‘lar O‘zbekiston ulushi hisoblanadi.

Loyihani amalga oshirish davri 7 yil (2025–2031 yillar) etib belgilandi.

 

    Boshqa yangiliklar