AsosiyDunyo

Londonda Bosh vazirning uyiga o‘t qo‘yildi

21 yoshli yigit ikkita mulkni yoqib yuborishda gumonlanib hibsga olindi.

'Londonda Bosh vazirning uyiga o‘t qo‘yildi'ning rasmi

Buyuk Britaniyada 21 yoshli yigit mamlakat Bosh vaziri Kir Starmerga aloqador ikkita mulkni yoqib yuborishda gumonlanib hibsga olindi. Bu haqda bugun, 13 may kuni “Associeted Press” agentligi xabar berdi.

London politsiyasining ma’lum qilishicha, bir kishi Starmer Bosh vazir bo‘lgunga qadar yashagan uyda o‘t qo‘yish sodir etilganidan bir kun o‘tib hibsga olingan. Yong‘in faqat old eshikni shikastlagan.

Huquq-tartibot idoralari ma’lumotlariga ko‘ra, yong‘in ikkita ehtimoliy o‘t qo‘yish hujumi bilan ham bog‘liq bo‘lishi mumkin – 11 may kuni Starmerning uyi yaqinida mashina yonib ketgan va 8 may kuni shaharning boshqa hududida, OAV xabarlariga ko‘ra, Starmer bilan bog‘liq bo‘lgan uyning kirish eshigi ham yonib ketgan.

Qurbonlar haqida ma’lumotlar yo‘q. Buyuk Britaniya Bosh vaziri lavozimini egallaganidan beri Starmer oilasi bilan Bosh vazirning Dauning-stritdagi rasmiy qarorgohida yashadi.

“Ehtiyotkorlik maqsadida va mulkning ilgari nufuzli jamoat arbobi bilan aloqasi bo‘lganligi sababli, ushbu yong‘in bo‘yicha tergov Metropoliten politsiyasining terrorizmga qarshi kurash qo‘mondonligi xodimlari tomonidan olib borilmoqda”, deyiladi politsiya xabarida.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Putin Larijoniy o‘limiga munosabat bildirdi: “U Rossiyaning haqiqiy do‘sti edi”'ning rasmi

    Dunyo Bugun 03:50

    Putin Larijoniy o‘limiga munosabat bildirdi: “U Rossiyaning haqiqiy do‘sti edi”

    Eron tomoni Larijoniyning Isroil havo zarbasi oqibatida halok bo‘lganini tasdiqladi.

    'Isroil Eron razvedkasi rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi'ning rasmi

    Dunyo 18.03.2026 13:53

    Isroil Eron razvedkasi rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi

    Hattib 2021 yildan Eron Razvedka vaziri edi va yangi Oliy rahnamosiga eng yaqin shaxslardan biri hisoblanar edi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 18.03.2026 12:41

    'Эрон Али Ларижоний ўлими учун қасос олиш билан таҳдид қилди'ning rasmi

    Dunyo 18.03.2026 04:46

    Эрон Али Ларижоний ўлими учун қасос олиш билан таҳдид қилди

    Isroil hujumlarida halok bo'lgan yuqori lavozimli amaldor ortidan Eron keskin bayonot berdi.

    'AQSH fuqaroligidan voz kechish to‘lovi keskin arzonlashtirildi'ning rasmi

    Dunyo 17.03.2026 14:37

    AQSH fuqaroligidan voz kechish to‘lovi keskin arzonlashtirildi

    AQShda fuqarolikdan chiqish uchun undiriladigan to‘lov 2 350 dollardan 450 dollargacha tushirildi.

    'Mujtabo Homanei AQSH–Isroil zarbalari vaqtida omon qolgan'ning rasmi

    Dunyo 17.03.2026 13:02

    Mujtabo Homanei AQSH–Isroil zarbalari vaqtida omon qolgan

    Ma'lum qilinishicha, u hujumdan biroz oldin uyidan chiqib ketgan.