AsosiyDunyo

Putin Larijoniy o‘limiga munosabat bildirdi: “U Rossiyaning haqiqiy do‘sti edi”

Eron tomoni Larijoniyning Isroil havo zarbasi oqibatida halok bo‘lganini tasdiqladi.

'Putin Larijoniy o‘limiga munosabat bildirdi: “U Rossiyaning haqiqiy do‘sti edi”'ning rasmi

Rossiya Prezidenti Vladimir Putin Eron Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi Ali Larijoniyning vafoti munosabati bilan chuqur hamdardlik bildirdi. Bu haqda Eron davlat teleradiokompaniyasi xabar qildi.

Qayd etilishicha, Kreml rahbari o‘z murojaatini Eronning yangi Oliy rahbariga Mujtaba Xomanaiyga yo‘llagan. Putin unda Larijoniy bilan bir necha bor uchrashganini eslab, uni “dono va uzoqni ko‘ra oladigan siyosatchi” sifatida ta’riflagan.

“U o‘z xalqining manfaatlarini qat’iy himoya qilgan, Rossiyaning haqiqiy do‘sti edi”, degan Putin. Uning ta’kidlashicha, Larijoniy Moskva va Tehron o‘rtasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlashga katta hissa qo‘shgan.

Ma’lum qilinishicha, Eron tomoni Larijoniyning Isroil havo zarbasi oqibatida halok bo‘lganini tasdiqlagan. U Pardis hududidagi uyida o‘g‘li, o‘rinbosari va bir necha qo‘riqchilari bilan birga vafot etgan.

Eron Prezidenti Mas‘ud Pezeshkiyon usbu hodisa yuzasidan hamdardlik bildirib, “qattiq qasos olinishi”ni ta’kidladi. Mamlakat Tashqi ishlar vaziri Abbos Aroqchi esa Larijoniyning o‘limi davlat siyosatiga jiddiy ta’sir ko‘rsatmasligini ma’lum qildi.

Ma’lumot uchun, Ali Larijoniy Eron siyosiy tizimida uzoq yillar davomida muhim figura bo‘lib kelgan. U 2005–2007 yillarda Milliy xavfsizlik oliy kengashi kotibi sifatida yadroviy dastur bo‘yicha bosh muzokarachi bo‘lgan. 2015 yilda esa parlament spikeri sifatida yadroviy kelishuv muhokamalarida faol ishtirok etgan.

Larijoniy va Putin o‘rtasida bir necha uchrashuvlar o‘tkazilgan. Jumladan, 2015 yil oktyabrda Sochi shahrida hamda 2026 yil yanvarda Moskvada bo‘lib o‘tgan muzokaralarda ikki davlat o‘rtasidagi iqtisodiy va siyosiy hamkorlik masalalari muhokama qilingan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Isroil Eron razvedkasi rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi'ning rasmi

    Dunyo 18.03.2026 13:53

    Isroil Eron razvedkasi rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi

    Hattib 2021 yildan Eron Razvedka vaziri edi va yangi Oliy rahnamosiga eng yaqin shaxslardan biri hisoblanar edi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 18.03.2026 12:41

    'Эрон Али Ларижоний ўлими учун қасос олиш билан таҳдид қилди'ning rasmi

    Dunyo 18.03.2026 04:46

    Эрон Али Ларижоний ўлими учун қасос олиш билан таҳдид қилди

    Isroil hujumlarida halok bo'lgan yuqori lavozimli amaldor ortidan Eron keskin bayonot berdi.

    'AQSH fuqaroligidan voz kechish to‘lovi keskin arzonlashtirildi'ning rasmi

    Dunyo 17.03.2026 14:37

    AQSH fuqaroligidan voz kechish to‘lovi keskin arzonlashtirildi

    AQShda fuqarolikdan chiqish uchun undiriladigan to‘lov 2 350 dollardan 450 dollargacha tushirildi.

    'Mujtabo Homanei AQSH–Isroil zarbalari vaqtida omon qolgan'ning rasmi

    Dunyo 17.03.2026 13:02

    Mujtabo Homanei AQSH–Isroil zarbalari vaqtida omon qolgan

    Ma'lum qilinishicha, u hujumdan biroz oldin uyidan chiqib ketgan.

    'Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga dron hujumi amalga oshirildi'ning rasmi

    Dunyo 17.03.2026 07:58

    Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga dron hujumi amalga oshirildi

    Iroq Mudofaa kuchlari kecha kechasi Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga yo‘naltirilgan dron hujumini qaytardi.