AsosiyDunyo

AQSH fuqaroligidan voz kechish to‘lovi keskin arzonlashtirildi

AQShda fuqarolikdan chiqish uchun undiriladigan to‘lov 2 350 dollardan 450 dollargacha tushirildi.

'AQSH fuqaroligidan voz kechish to‘lovi keskin arzonlashtirildi'ning rasmi

AQSh Davlat departamenti mamlakat fuqaroligidan rasman voz kechish uchun belgilangan to‘lovni qariyb 80 foizga qisqartirdi. Bu haqda CNN nashri Federal Register’da e’lon qilingan qarorga tayanib xabar berdi.

Yangi tartibga ko‘ra, fuqarolikdan chiqish to‘lovi 2 350 dollardan 450 dollarga tushirildi. Mazkur o‘zgarish 13 martdan kuchga kirgan. Qiziqi shundaki, bu miqdor 2010 yilda ilk bor joriy etilgan stavkaga teng.

2015 yilda xorijda yashovchi amerikaliklar uchun soliq hisobotlari kuchaytirilgach, fuqarolikdan voz kechish holatlari ko‘paygan. Shu sababli to‘lov ma’muriy xarajatlar bahonasida keskin oshirilgan edi.

Shu bilan birga, AQSh fuqaroligidan chiqish jarayoni murakkab bo‘lib, ariza beruvchi konsullik xodimlari bilan bir necha bor suhbatdan o‘tishi va qarorining oqibatlarini to‘liq anglaganini tasdiqlashi talab etiladi. Faqat shundan keyingina rasmiy qasamyod va hujjatlarni ko‘rib chiqish jarayoni boshlanadi.

Ma’lum qilinishicha, mazkur qaror xorijda yashovchi amerikaliklar, xususan Fransiyadagi "Tasodifiy amerikaliklar assotsiatsiyasi"ning ko‘p yillik huquqiy kurashi natijasida qabul qilingan.

Tashkilot ma’lumotiga ko‘ra, 2023 yildan buyon kamida 8 755 nafar shaxs yuqori to‘lovni to‘lab, fuqarolikdan voz kechgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Mujtabo Homanei AQSH–Isroil zarbalari vaqtida omon qolgan'ning rasmi

    Dunyo Bugun 13:02

    Mujtabo Homanei AQSH–Isroil zarbalari vaqtida omon qolgan

    Ma'lum qilinishicha, u hujumdan biroz oldin uyidan chiqib ketgan.

    'Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga dron hujumi amalga oshirildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:58

    Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga dron hujumi amalga oshirildi

    Iroq Mudofaa kuchlari kecha kechasi Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga yo‘naltirilgan dron hujumini qaytardi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 16.03.2026 14:13

    'Tel-Avivda yirik yong‘inlar va qalin tutun kuzatilgani aytilmoqda'ning rasmi

    Dunyo 16.03.2026 04:42

    Tel-Avivda yirik yong‘inlar va qalin tutun kuzatilgani aytilmoqda

    Hozirda hududdagi vaziyat keskinligicha qolmoqda, voqealar tafsilotlari esa aniqlashtirilmogda.

    'Gʻarbiy Germaniya Isroilning Dimona yadroviy reaktorini qurilishiga yashirin mablagʻ ajratgan — OAV'ning rasmi

    Dunyo 16.03.2026 02:55

    Gʻarbiy Germaniya Isroilning Dimona yadroviy reaktorini qurilishiga yashirin mablagʻ ajratgan — OAV

    Isroilning Dimona shahridagi yadroviy reaktor loyihasining katta qismi Gʻarbiy Germaniya tomonidan yashirin moliyalashtirilgani aytilmoqda.

    'Эрон Туркиядаги АҚШ ядро базасига ракета ҳужуми уюштирди'ning rasmi

    Dunyo 15.03.2026 12:15

    Эрон Туркиядаги АҚШ ядро базасига ракета ҳужуми уюштирди

    Hujum ikki ballistik raketani o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular mintaqadagi Amerika yadroviy qurollari uchun asosiy obyekt bo‘lib xizmat qiladigan yaxshi himoyalangan NATO qurilmasiga yo‘naltirilgan.