Ijtimoiy tarmoqlarda Tel-Avivdagi binolar orasida yong‘inlar va osmonga ko‘tarilayotgan qalin tutun tasvirlangan videolar tarqaldi. Ayrim manbalarga ko‘ra, bu holat so‘nggi raketa zarbalari ortidan yuzaga kelgan bo‘lishi mumkin.
Internetda tarqalgan videoda Tel-Avivdagi bir nechta binolar atrofida kuchli yong‘in alangasi ko‘rinib, shahar uzra qalin tutun ko‘tarilayotgani tasvirlangan. Ma’lum qilinishicha, video yaqin atrofdagi baland binolardan biridan suratga olingan.
Dastlabki xabarlarda yong‘inlar Eron va Isroil o‘rtasidagi keskinlik fonida amalga oshirilgan raketa zarbalari ortidan yuzaga kelgani aytilmoqda. Biroq ayrim manbalar videodagi tasvirlar aynan bugungi voqealarga tegishli bo‘lmasligi ham mumkinligini qayd etmoqda.






