AsosiyDunyo

Mujtabo Homanei AQSH–Isroil zarbalari vaqtida omon qolgan

Ma'lum qilinishicha, u hujumdan biroz oldin uyidan chiqib ketgan.

'Mujtabo Homanei AQSH–Isroil zarbalari vaqtida omon qolgan'ning rasmi

Eronning yangi oliy rahbari Mujtabo Xomanaiy AQSH va Isroil tomonidan amalga oshirilgan aviazarbalar vaqtida omon qolgan. Bu haqda Zamon.uz hujum vaqtida yozib olingan audioga tayanib xabar berdi.

Ma'lum qilinishicha, 28 fevral kuni Mujtabo Xomanaiy otasi Ali Xomanaiy bilan Tehrondagi majmuada bo'lgan. Biroq zarbalar berilishidan sal oldin u hovliga chiqqan va hujum paytida binoda bo'lmagan.

Hujum oqibatida Ali Xomanaiy, shuningdek, Eron xavfsizlik tizimiga mansub qator yuqori lavozimli shaxslar halok bo'lgan. Ular orasida Islom inqilobi qo'riqchilari korpusi rahbari Muhammad Pakpur hamda mudofaa vaziri Aziz Nosirzoda borligi aytilgan.

The Telegraph Eronning sobiq rahbari idorasi protokol xizmati rahbari Mazohir Husayniyning yuqori martabali ruhoniylar va Islom inqilobi qo'riqchilari korpusi qo'mondonlariga qilgan murojaatining audioyozuvi borligini ma'lum qildi.

"Xudoning irodasi bilan Mujtabo hovliga chiqib, nimadir qilishiga to'g'ri keldi. Mujtabo tashqaridaligida dushman binoga raketa bilan zarba berdi", deyiladi audioyozuvda. 

Husayniyning so'zlariga ko'ra, Mujtabo Xomanaiy zarba natijasida oyog'idan yengil jarohat olgan. U bir vaqtning o'zida majmuaning bir nechta ob'ektlariga zarba berilgani va hujum Xomainaiy oilasini to'liq yo'q qilishga qaratilgani ta'kidlagan.

Mazkur audioyozuv Xomanaiyning sog'lig'i va mamlakatni boshqarish qobiliyati borasida savollar kuchaygan bir paytda tarqaldi. AQSH prezidenti Donald Tramp esa uning tirikligi yoki o'lgani noma'lumligini bildirgan.

Ayrim eronlik rasmiylar esa oliy rahnamoning holati yuzasidan aniq ma'lumot mavjud emasligini ma'lum qilgan.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    ''ning rasmi

    Dunyo Bugun 14:37

    'Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga dron hujumi amalga oshirildi'ning rasmi

    Dunyo Bugun 07:58

    Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga dron hujumi amalga oshirildi

    Iroq Mudofaa kuchlari kecha kechasi Bag‘doddagi AQSh elchixonasiga yo‘naltirilgan dron hujumini qaytardi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 16.03.2026 14:13

    'Tel-Avivda yirik yong‘inlar va qalin tutun kuzatilgani aytilmoqda'ning rasmi

    Dunyo 16.03.2026 04:42

    Tel-Avivda yirik yong‘inlar va qalin tutun kuzatilgani aytilmoqda

    Hozirda hududdagi vaziyat keskinligicha qolmoqda, voqealar tafsilotlari esa aniqlashtirilmogda.

    'Gʻarbiy Germaniya Isroilning Dimona yadroviy reaktorini qurilishiga yashirin mablagʻ ajratgan — OAV'ning rasmi

    Dunyo 16.03.2026 02:55

    Gʻarbiy Germaniya Isroilning Dimona yadroviy reaktorini qurilishiga yashirin mablagʻ ajratgan — OAV

    Isroilning Dimona shahridagi yadroviy reaktor loyihasining katta qismi Gʻarbiy Germaniya tomonidan yashirin moliyalashtirilgani aytilmoqda.

    'Эрон Туркиядаги АҚШ ядро базасига ракета ҳужуми уюштирди'ning rasmi

    Dunyo 15.03.2026 12:15

    Эрон Туркиядаги АҚШ ядро базасига ракета ҳужуми уюштирди

    Hujum ikki ballistik raketani o‘z ichiga olgan bo‘lib, ular mintaqadagi Amerika yadroviy qurollari uchun asosiy obyekt bo‘lib xizmat qiladigan yaxshi himoyalangan NATO qurilmasiga yo‘naltirilgan.