Argentina Oliy sudining yerto‘la qismidan natsistlar davriga oid 83 ta quti hujjat – ochiqchalar, suratlar hamda targ‘ibot materiallari topildi. Bu haqda “Der Spiegel” nashri mahalliy OAVga tayanib xabar berdi.
Topilmalarni tartibga keltirish jarayoniga Buenos-Ayresdagi “Xolokost” muzeyi mutaxassislari jalb etilgan.
Sud hujjatlariga ko‘ra, ushbu materiallar 1941-yil iyun oyida Yaponiya poytaxti Tokiodagi “uchinchi reyx” elchixonasi tomonidan Argentinaga jo‘natilgan. Maqsad – Gitler mafkurasini Janubiy Amerika mintaqasida targ‘ib qilish bo‘lgan.
Ammo yuk kelib tushganidan so‘ng Argentina hukumati uni musodara qilgan, chunki mazkur materiallarning tarqalishi mamlakatning Ikkinchi jahon urushidagi betarafligiga tahdid solishi mumkin edi.
1945-yilda Germaniyaning mag‘lubiyatidan so‘ng ko‘plab natsist amaldorlari Argentinaga qochib kelgani ma’lum. Shu yili Argentina Milliy arxivi Adolf Eyxman va Yozef Mengele kabi urush jinoyatchilariga oid 1850 ta hujjatni e’lon qildi.