AsosiyJamiyat

Onlayn makonda tartib va aniqlik “noqonuniy kontent” tushunchasini huquqiy jihatdan mustahkamlash vaqti keldi

“Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi sohani tartibga solishda asos bo‘ladi.

'Onlayn makonda tartib va aniqlik “noqonuniy kontent” tushunchasini huquqiy jihatdan mustahkamlash vaqti keldi'ning rasmi

Axborot texnologiyalarining tez sur’atda rivojlanishi nafaqat iqtisodiy va ijtimoiy hayotga, balki huquqiy munosabatlarga ham jiddiy ta’sir ko‘rsatmoqda. Internet orqali tarqatilayotgan kontentni nazorat qilish, jamiyat xavfsizligini ta’minlash va fuqarolarning huquqlarini himoya qilish bugungi kunda davlat siyosatining ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylandi.

Ayni paytda O‘zbekistonda ishlab chiqilgan “Onlayn platforma va veb-saytlar foydalanuvchilarining huquqlarini himoya qilish to‘g‘risida”gi Qonun loyihasi, ayniqsa, uning 13-moddasi mazkur muammoni huquqiy jihatdan yechishga qaratilgan muhim normalardan biri hisoblanadi.

Hozirda O‘zbekiston qonunchiligida turli xavfli axborotlarni taqiqlovchi normalar mavjud (Jinoyat kodeksi, Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeks va boshqalarda). Biroq, ular:

raqamli muhitga aniq moslashtirilmagan;
internetda tarqalgan kontent uchun yakdil tushuncha va mexanizmlar yo‘q;
platforma va veb-saytlar uchun aniq majburiyatlar belgilanmagan.

Ya’ni huquqiy muammo shundaki, internetda tarqatilayotgan axborot va tarqatayotgan subyektlar uchun amaldagi qonunchilikda tartibga soluvchi aniq mexanizm yetishmayapti.

Natijada, huquqni qo‘llash amaliyotida turlicha talqin va huquqiy noaniqliklar yuzaga kelmoqda. Masalan, qanday axborot “yolg‘on ma’lumot” deb baholanishi mumkin? Qaysi vaziyatda onlayn-kontent “ekstremizmni targ‘ib qiluvchi” hisoblanadi?

Shu ma’noda, yangi qonun loyihasi sohani tartibga solishda, ko‘plab noaniqliklarni bartaraf etishda muhim huquqiy asos vazifasini o‘taydi. Xususan, qonun loyihasining 13-moddasida birinchi marta noqonuniy kontentning aniq huquqiy ta’rifi va uning asosiy turlari belgilanmoqda. Jumladan:

– zo‘ravonlikka, terrorizmga, adovatga da’vatlar;

– yolg‘on va feyk axborot;

– o‘z joniga qasd qilish, giyohvandlik, pornografiyani targ‘ib qiluvchi materiallar;

– kiberhujumlar, fishing, spam va boshqa xavfli axborotlar.

Shuningdek, qonun loyihasida onlayn-platformalarda bunday kontent tarqalishining oldini olish bo‘yicha mexanizmlar ishlab chiqilishi va javobgarlik yuzasidan aniq tartib belgilanishi nazarda tutilmoqda.

Qonun qabul qilinishi orqali quyidagi ijobiy o‘zgarishlar kutiladi:

1. Huquqiy aniqlik va uni bir xil qo‘llash ta’minlanadi. Platformalar va foydalanuvchilar nima mumkin, nima taqiqlangani haqida aniq ma’lumotga ega bo‘ladi;

2. Fuqarolarning axborot xavfsizligi oshib, zararli kontentga duch kelish holatlari kamayadi;

3. Yoshlarni muhofaza qilish kuchaytiriladi, ayniqsa voyaga yetmaganlarga zarar yetkazuvchi kontentlarga nisbatan qat’iy choralar belgilanadi;

4. Onlayn platformalarning javobgarligi mustahkamlanadi, ularning faoliyati shaffof va qonuniy asosda amalga oshiriladi;

5. Milliy axborot makonida barqarorlik va ishonch mustahkamlanadi — jamiyat va davlat manfaatlarini himoya qilishga xizmat qiladi.

Ta’kidlash joizki, mazkur qonun loyihasidagi normalar nafaqat zamonaviy axborot muammolariga chora, balki O‘zbekistonning raqamli makonda barqaror va xavfsiz muhit yaratishga bo‘lgan jiddiy intilishini ham ifodalaydi. Qonun qabul qilinsa, u huquqni qo‘llash amaliyotida ham, jamiyatdagi axborot madaniyatini shakllantirishda ham muhim o‘rin tutadi.

 

Shamsinur AXTAMOV,
Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bo‘limi boshlig‘i

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    '70 yoshdan keyin ota bo‘lish mumkinmi?'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:21

    70 yoshdan keyin ota bo‘lish mumkinmi?

    Oʻzbekistonda 48 nafar erkakda shunday holat kuzatildi.

    'Uch viloyatda minglab qalbaki dorilar fosh etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 03:12

    Uch viloyatda minglab qalbaki dorilar fosh etildi

    Hozirda barcha holatlar yuzasidan ekspertiza tayinlanib, tergovgacha qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda.

    'Forbes Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси марказини Евроосиёнинг янги геомаданий маркази деб атади'ning rasmi

    Jamiyat 18.03.2026 15:59

    Forbes Ўзбекистондаги Ислом цивилизацияси марказини Евроосиёнинг янги геомаданий маркази деб атади

    Toshkent shahridagi Islom sivilizatsiyasi markazining rasmiy ochilish kunida nufuzli xalqaro nashr Forbes tahliyiy maqola e’lon qilib, unda O‘zbekiston loyihasini “Yevroosiyodagi yangi markaz” deb atadi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 18.03.2026 14:08

    'Isroil Livanga havo orqali zarba berdi'ning rasmi

    Jamiyat 18.03.2026 14:05

    Isroil Livanga havo orqali zarba berdi

    Hujum ortidan 30 dan ortik kishi halok bo‘ldi.

    'Surxondaryoda erkak o‘zini 7-qavatdan pastga ot'ning rasmi

    Jamiyat 18.03.2026 13:41

    Surxondaryoda erkak o‘zini 7-qavatdan pastga ot

    Voqea ortidan u voqea joyida halok bo‘ldi.