AsosiyDunyo

Rossiya Sibir daryolarini O'zbekistonga yo'naltirish bo'yicha loyihani o'rganmoqda

Quvur tizimi taklif etilmoqda, uning qiymati 100 mlrd dollardan oshishi mumkin.

'Rossiya Sibir daryolarini O'zbekistonga yo'naltirish bo'yicha loyihani o'rganmoqda'ning rasmi

Rossiya Fanlar akademiyasi Sibir daryolarining bir qismini Markaziy Osiyo, jumladan Oʻzbekistonga yoʻnaltirish imkoniyatlarini ilmiy jihatdan oʻrganishni boshlamoqda. Bu haqda Zamon.uz maʼlum qildi.

Loyiha Ob daryosidan Oʻzbekistongacha uzunligi 2 ming kilometrdan oshadigan, yiliga 5,5 mlrd kub metrgacha suv yetkazib berishi mumkin boʻlgan yettita yirik quvur liniyasi qurilishini nazarda tutadi.

Akademiyaning Yer fanlari boʻlimi mazkur yoʻnalishni rasmiy tadqiqot rejasiga kiritishni maʼqullagan va moliyalashtirishni Fan va oliy taʼlim vazirligiga tavsiya etgan.

Dastlabki hisob-kitoblarga koʻra, loyiha qiymati 100 mlrd dollardan oshishi, infratuzilmani barpo etish esa kamida 10 yil davom etishi mumkin.

Olimlar suv yoʻnaltirishning ekologik, gidrologik va ijtimoiy-iqtisodiy taʼsirlarini chuqur oʻrganishni rejalashtirmoqda. Markaziy Osiyoda suv tanqisligi kuchayib borayotgani, choʻllanish jarayoni tezlashayotgani va qishloq xoʻjaligi uchun suv taʼminoti yomonlashayotgani taʼkidlanmoqda.

Maʼlumot uchun, shunga oʻxshash loyiha SSSR davrida 20 yil ishlab chiqilib, 1986 yilda toʻxtatilgan edi. Ekspertlar bugungi kunda ham loyihaning strategik ahamiyatini tan olishsa-da, avvalambor mavjud suv resurslaridan aqilona foydalanish zarurligini qayd etmoqdalar.

    Boshqa yangiliklar