AsosiyJamiyat

Jizzahdagı YTH 5 kishining umriga zomin boldı

Jizzaxda Isuzu va Lacetti YTHga uchrashishi oqibatida Lacetti butkul yonib, ichidagi odamlar voqea joyida vafot etgan.

'Jizzahdagı YTH 5 kishining umriga zomin boldı'ning rasmi

Bu haqda viloyat Ichki ishlar bosh boshqarmasi xabar berdi. Ma'lum qilinishicha, voqea joriy yilning 21 noyabr kuni soat 23:50 lar atrofida Jizzax viloyati Sharof Rashidov tumani “Fayzobod” MFY hududidan o'tuvchi xalqaro ahamiyatga ega bo'lgan M-39 “Toshkent-Termiz” yo‘lining 989 kmda sodir bo‘lgan.

Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida istiqomat qiluvchi 2003 yilda tug‘ilgan haydovchi ISUZU rusumli yuk avtomashinasi Samarqand yo‘nalishida joylashgan avtomashinalarga gaz quyish shoxobchasidan chiqayotgan vaqtida ushbu qismda o‘rnatilgan 2.4 “Yo‘l bering” va 4.1.2 “Harakatlanish o‘nga” yo‘l belgisi talablariga bo‘yunmasdan, belgilanmagan joydan Toshkent yo‘nalishiga burilish uchun  yo‘lni qatnov qismiga chiqqan vaqtida Toshkent-Samarqand yo‘nalishi bo‘ylab harakatlanib kelayotgan Surxondaryo viloyati Oltinsoy tumanida yashagan 2002 yilda tug‘ilgan haydovchi Lacetti rusumli avtomashinasi bilan to‘qnashishi oqibatida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Yong‘in ortidan Lacetti  rusumli avtomashinaning dvigatel qismidan yong‘in kelib chiqib, avtomashina to‘liq yongan.

Ushbu yo‘l-transport hodisasi oqibatida Lacetti rusumli avtomashina haydovchisi hamda transport vositasi salonida bo‘lgan 4 nafar yo‘lovchilar turli tan jarohatlari bilan voqea joyida halok bo‘lgan.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi (Transport vositalari harakati yoki ulardan foydalanish xavfsizligi qoidalarini buzish) uchinchi qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Toshkentda ekolaboratoriyalar tashkil etildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 11:08

    Toshkentda ekolaboratoriyalar tashkil etildi

    Ekologiya qoʻmitasi ifloslanishga qarshi kurashni kuchayitirmoqda. Poytaxt havosi 24/7 nazorat tizimiga oʻtdi.

    'Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 10:04

    Andy O‘zbekistonda davlat ishlarini ro‘yxatga olish raqamlashtiriladi

    2026 yil 1 martdan boshlab vafot etgan shaxsning o‘limi qayd etilgandan so‘ng, uning eri yoki xotini, ota-onasi, farzandlarining my.gov.uzʼdagı shaxsiy kabinetiga o‘lim qayd etilgani haqida QR-kodli ma’lumotnoma bepul yuboriladi.

    'Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 09:01

    Samarqandda 993 gr narkotikni 15 ming dollarga sotgan "savdogar" qo‘lga tushdi

    59 yoshli erkak avval ham jinoyat sodir etgan bo‘lib, hozirda narkosavdogarga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot chorasi qo‘llangan.

    'Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 07:58

    Bugundan O'zbekistonda havo soviy boshlaydi

    "O'zgidromet" 22 noyabr kunggi ob-havo ma'lumotlarini e'lon qildi.

    'Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi'ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:09

    Kelin uyini sotib yuborgan kuyov 9 yilga qamaldi

    Jinoiy ishlar bo‘yicha Mirzo Ulug‘bek tuman sudi Shahzod Rismatovga hukm o‘qidi.

    ''ning rasmi

    Jamiyat 21.11.2025 21:02