Prezidentning 18 noyabrdagi qaroriga binoan, aholini sifatli va ekologik toza yoqilg‘i bilan ta’minlagan holda AI-80 benzinini AYQSHlarda sotishni oldini olish bo‘yicha qat’iy nazorat o‘rnatiladi.
Shuningdek, ushbu qaror asosida, yana bir qator choralar belgilanmoqda:
-respublikada 18 ta dendrologiya va 15 ta botanika bog‘larini tashkil etishni nazarda tutuvchi normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi;
-qurilish uchun ajratilgan ob’yektlarda qurilish boshlanishidan oldin quruvchi tashkilotlar tomonidan fon monitoring stansiyalari va onlayn kameralar o‘rnatiladi;
-Toshkent shahar o‘rmon xo‘jaligini tashkil etiladi;
-poytaxt va uning atrofidagi issiqxonalarni tabiiy gaz bilan barqaror ta’minlash bo‘yicha takliflar ishlab chiqiladi;
-Tig‘iz vaqtlarda shaharda yuk mashinalari harakati cheklanadi;
-Binolarni loyihalashda shamol yo‘nalishi va tezligini inobatga olish talabi qo‘yiladi;
-Daraxt va butalarni sanitariya maqsadida kesish yoki kesmaslik haqidagi qarorlar kollegial ovoz berish orqali qabul qilinadi.






