AsosiyJamiyat

Farg'ona viloyatida aliment to'lashdan qochish maqsadida ayoli va 3 yoshli qizini o'ldirgan erkakka sud hukmi o'qildi

Unga nisbatan 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

'Farg'ona viloyatida aliment to'lashdan qochish maqsadida ayoli va 3 yoshli qizini o'ldirgan erkakka sud hukmi o'qildi'ning rasmi

Ma'lum bo'lishicha, voqea 2025 yil 3 noyabr kuni O'zbekiston tumanida sodir bo'lgan. Spirtli ichimlik ta'sirida bo'lgan erkak qaynotasining uyiga kelib, turmush o'rtog'i bilan uchrashgan. Ayol undan avval aliment undirish masalasida sudga murojaat qilgan bo'lib, sud qaroriga ko'ra erkak 15 sutkaga qamalgan.

Jazo muddatini o'tab chiqqanidan so'ng, er-xotin o'rtasidagi nizo yanada keskinlashgan. Tergov ma'lumotlariga ko'ra, erkak aliment to'lashdan qutulishni maqsad qilib, oldindan o'zi bilan olib kelgan oshxona pichog'i orqali ayoliga bir necha bor tan jarohati yetkazgan. Shundan so'ng u 2023 yilda tug'ilgan 3 yoshli qiziga ham pichoq bilan zarba bergan.

Oqibatda, qizaloq voqea joyida halok bo'lgan. Og'ir tan jarohati olgan ayol esa shifoxonaga olib ketilayotgan vaqtda vafot etgan. Jinoyatdan so'ng erkak voqea joyidan qochib ketgan.

Jinoyat ishlari bo'yicha O'zbekiston tumani sudi uni Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a”, “v”, “j”, “i” bandlari bilan aybdor deb topib, 19 yil muddatga ozodlikdan mahrum qilish jazosini tayinladi.

    Boshqa yangiliklar