AsosiyJamiyat

O‘ta yirik miqdordagi firibgarlikda ayblangan o‘zbekistonlik Gruziyada ushlandi

Interpol orqali xalqaro qidiruvga berilgan O‘zbekiston fuqarosi Gruziyada qo‘lga olinib, mamlakatga ekstraditsiya qilindi.

'O‘ta yirik miqdordagi firibgarlikda ayblangan o‘zbekistonlik Gruziyada ushlandi'ning rasmi

Bu haqda Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xabar berdi. Ma’lum qilinishicha, Interpolning Tbilisi shahridagi Milliy markaziy byurosi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbirlar natijasida qidiruvda bo‘lgan shaxsning aniq manzili belgilangan va u ushlangan.

Qayd etilishicha, Gruziya Adliya vazirligi O‘zbekiston Bosh prokuraturasining ekstraditsiya qilish to‘g‘risidagi so‘rovini qanoatlantirgan. Shundan so‘ng, ushbu shaxs Interpolning O‘zbekistondagi Milliy markaziy byurosi xodimlari ishtirokida Toshkent shahriga olib kelingan.

Hozirda unga nisbatan qonunchilikda belgilangan tartibda protsessual harakatlar olib borilmoqda. 

Eslatib o‘tamiz, 2026 yil boshidan buyon Interpol orqali qidiruvga berilgan bir qator O‘zbekiston fuqarolari xorijiy davlatlarda ushlanib, mamlakatga qaytarilmoqda. Xususan, fevral oyida Birlashgan Arab Amirliklaridan, mart oyida esa Turkiya, Bahrayn hamda AQShdan bir nechta fuqarolar ekstraditsiya qilingan edi.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Sizning axborotingiz media maydonini “yorib kirishi” mumkin – Media haftalik ishtirokchisi bo‘ling'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 06:35

    Sizning axborotingiz media maydonini “yorib kirishi” mumkin – Media haftalik ishtirokchisi bo‘ling

    Navoiy viloyatida media sohasini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan Media haftalik boshlandi.

    'Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari pora olishda qo‘lga tushdi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:25

    Qoraqalpog‘istonda kadastr bo‘limi rahbari pora olishda qo‘lga tushdi

    Hozirda mazkur holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

    'Farg'ona viloyatida aliment to'lashdan qochish maqsadida ayoli va 3 yoshli qizini o'ldirgan erkakka sud hukmi o'qildi'ning rasmi

    Jamiyat Bugun 04:16

    'Toshkentdagi kuchli shamol va yomg‘ir sababli aholi ogohlantirildi'ning rasmi

    Jamiyat 03.05.2026 15:58

    Toshkentdagi kuchli shamol va yomg‘ir sababli aholi ogohlantirildi

    Toshkentda kuzatilayotgan kuchli shamol va yog‘ingarchilik sabab simlarning uzilishi, daraxtlarning qulashi kabi xavfli holatlar yuzaga kelishi xavfi bor.

    'Tog‘da jarohatlangan sayyoh qutqarildi'ning rasmi

    Jamiyat 03.05.2026 12:55

    Tog‘da jarohatlangan sayyoh qutqarildi

    Toshkent viloyatining Bo‘stonliq tumani hududida sayr vaqtida oyog‘idan jarohat olgan 70 yoshli ayol qutqaruvchilar tomonidan pastga olib tushildi.

    'Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurdi'ning rasmi

    Jamiyat 03.05.2026 12:11

    Shavkat Mirziyoyev Samarqandga tashrif buyurdi

    Davlat rahbari Samarqanddagi muqaddas maskanlarni ziyorat qilib, Imom Buxoriy majmuasida yaratilgan sharoitlarni kengaytirish bo‘yicha topshiriqlar berdi.