Joriy yilning 18 noyabr kuni Andijon viloyatida Ichki ishlar organlarida xizmat qilib kelgan xodim va uning 1 nafar qizi o‘z xizmat uyida gaz gazidan zaharlanib vafot etdi. Bu haqda darakchi.uzga Bosh prokuratura matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma'lum qildi.
Unga ko‘ra, xodim o‘z xizmat uyida vafot etgan. Uning yonida voyaga yetmagan 2 nafar farzandi ham bo‘lgan. Qayd etilishicha, farzandlaridan biri ham zaharlanish oqibatida dadasi bilan birga vafot etgan. Bir nafar qizi esa omon qolgan va ayni damda shifoxonada davolanmoqda.
Holat bo‘yicha ayni damda tergov oldi tekshiruv harakatlari o‘tkazilmoqda, deydi Hayot Shamsutdinov.






