AsosiySport

Portugaliya Ronaldu diskvalifikatsiyasi bo'yicha FIFA'ga shikoyat kiritmoqchi

Portugaliya futbol federatsiyasi Kristianu Ronalduning Irlandiyaga qarshi o‘yinda to‘g‘ridan-to‘g‘ri qizil kartochka olgani ortidan uning JCh–2026ning ilk o‘yinida maydonga tushishi uchun FIFAga rasmiy murojaat tayyorlamoqda.

'Portugaliya Ronaldu diskvalifikatsiyasi bo'yicha FIFA'ga shikoyat kiritmoqchi'ning rasmi

Irlandiyaga qarshi bellashuvda (0:2) Dara O'Shi bilan to'qnashuvdan so'ng maydondan haydalgan Kristianu Ronaldu Armanistonga qarshi 9:1 hisobidagi yirik g'alabada qatnashmadi. Hozircha portugaliyalik superhujumchining diskvalifikatsiyasi necha o'yinga belgilanishi aniq emas, shu bois uning Jahon chempionati ochilish uchrashuvini o'tkazib yuborish ehtimoli ham mavjud.

"JM-madeira"ning yozishicha, FPF prezidenti Pedro Proenka boshchiligida tayyorlanayotgan arizada jazoni yengillashtirish uchun uch asosiy dalil keltirilmogda: stadiondagi keskin vaziyat va Irlandiya murabbiyi tomonidan Ronalduga nisbatan tanqidlar, to'qnashuvdan oldin Dara O'Shining Ronaldu formasini tortgani orqali qilingan provokatsiya, shuningdek, portugaliyalik yulduzning terma jamoadagi namunaviy intizomi — 226 ta o'yinda biror marta ham qizil kartochka olmaganligi.

Federatsiya usbu dalillar orqali Ronalduning diskvalifikatsiyasini qisqartirish yoki bekor qilishga erishib, uni JCh–2026ning ilk o'yiniga etaklamoqchi.

    Boshqa yangiliklar