AsosiyDunyo

Mubashshir Ahmad hibsga olindi

Qo‘lga olinganidan to‘rt kun o‘tgan bo‘lsa-da, uning qayerdaligi, sog‘lig‘i haqida hech qanday ma’lumot berilmagan.

'Mubashshir Ahmad hibsga olindi'ning rasmi

Joriy yilning 8 may kuni “Azon Global” axborot-tahliliy portali asoschisi Mubashshir Ahmad (Alisher Tursunov) Istanbulning Bahcheshehir mavzeidagi uyidan gumonlanuvchi sifatida olib ketildi. Bu haqda “Azon Global” portali xabar berdi.

Ma’lum qilinishicha, Alisher Tursunov hibsga olingan kunning o‘zida advokatlari ishtirokida dastlabki surishtiruv o‘tkazilgan. O‘sha kuni advokatlarga bildirilgan oxirgi ma’lumotga ko‘ra, surishtiruvdan so‘ng Alisher Tursunov Istanbuldagi Deportatsiya markaziga o‘tkazilishi, ertasiga esa u yerdan ozod qilinishi kerak bo‘lgan.

“Ammo oradan 4 kun o‘tgan bo‘lsa-da, Immigratsiya boshqarmasi domlaning qayerdaligi, sog‘lig‘i va sud jarayoni haqida advokatlariga ham, yaqinlariga ham hech qanday ma’lumot bermayapti”, deyiladi xabarda.

Portalning qo‘shimcha qilishicha, Turkiya qonunchiligiga ko‘ra, nazoratda ushlab turilgan shaxsning oilasiga bu haqida ma’lumot berilishi, uning o‘ziga ham yaqinlari bilan muloqot qilishga izn etilishi belgilab qo‘yilgan.

“Hozirgacha hatto advokatlari ham domladan biror xabar ololmayotganidan, aqalli qayerda saqlanayotganini ham bilolmayotganidan oilasi va yaqinlari asosli ravishda xavotirga tushishmoqda. Boisi ustoz Mubashshir Ahmad uzoq yillardan beri qandli diabet va yuqori qon bosimidan aziyat chekib keladi hamda muntazam ravishda insulin va boshqa dorilar qabul qilishga majbur”, deyiladi “Azon Global”da.

    Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzatib boring

    Boshqa yangiliklar

    'Putin Larijoniy o‘limiga munosabat bildirdi: “U Rossiyaning haqiqiy do‘sti edi”'ning rasmi

    Dunyo Bugun 03:50

    Putin Larijoniy o‘limiga munosabat bildirdi: “U Rossiyaning haqiqiy do‘sti edi”

    Eron tomoni Larijoniyning Isroil havo zarbasi oqibatida halok bo‘lganini tasdiqladi.

    'Isroil Eron razvedkasi rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi'ning rasmi

    Dunyo 18.03.2026 13:53

    Isroil Eron razvedkasi rahbari o‘ldirilganini e’lon qildi

    Hattib 2021 yildan Eron Razvedka vaziri edi va yangi Oliy rahnamosiga eng yaqin shaxslardan biri hisoblanar edi.

    ''ning rasmi

    Dunyo 18.03.2026 12:41

    'Эрон Али Ларижоний ўлими учун қасос олиш билан таҳдид қилди'ning rasmi

    Dunyo 18.03.2026 04:46

    Эрон Али Ларижоний ўлими учун қасос олиш билан таҳдид қилди

    Isroil hujumlarida halok bo'lgan yuqori lavozimli amaldor ortidan Eron keskin bayonot berdi.

    'AQSH fuqaroligidan voz kechish to‘lovi keskin arzonlashtirildi'ning rasmi

    Dunyo 17.03.2026 14:37

    AQSH fuqaroligidan voz kechish to‘lovi keskin arzonlashtirildi

    AQShda fuqarolikdan chiqish uchun undiriladigan to‘lov 2 350 dollardan 450 dollargacha tushirildi.

    'Mujtabo Homanei AQSH–Isroil zarbalari vaqtida omon qolgan'ning rasmi

    Dunyo 17.03.2026 13:02

    Mujtabo Homanei AQSH–Isroil zarbalari vaqtida omon qolgan

    Ma'lum qilinishicha, u hujumdan biroz oldin uyidan chiqib ketgan.