AsosiyJamiyat

Pokiston va Hindiston chegarasidagi havo cheklovlari sabab “Uzbekistan Airways” parvozlarida o‘zgarishlar bo‘ladi

Bildirilishicha, ba’zi holatlarda uchish vaqti o‘rtacha 1,5 soatga yoki undan ko‘proqqa oshishi mumkin.

'Pokiston va Hindiston chegarasidagi havo cheklovlari sabab “Uzbekistan Airways” parvozlarida o‘zgarishlar bo‘ladi'ning rasmi

Pokiston va Hindiston chegarasi yaqinidagi havo hududidan foydalanishga qo‘yilgan vaqtinchalik cheklovlar munosabati bilan, "Uzbekistan Airways" parvoz jadvalidagi majburiy o‘zgarishlar bo‘ladi.

Qayd etishicha, mazkur o‘zgarishlar quyidagi yo‘nalishlarga taalluqlidir:

Toshkent – Dehli, Mumbay, Laxor, Bangkok, Kuala-Lumpur, Pxuket va ushbu shaharlar bilan bog‘liq qaytish yo‘nalishlari.

Ba’zi holatlarda uchish vaqti o‘rtacha 1,5 soatga yoki undan ko‘proqqa oshishi mumkin.

Agar reys bekor qilinsa, yo‘lovchilarga yaqin sanalarga qayta bron qilish (jarimasiz) yoki “aviabilet” summasini to‘liq qaytarish imkoniyati taqdim etiladi.

    Boshqa yangiliklar