К Britaniya hukumati Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini e’lon qildi. Ularga ko‘ra, Rossiyaning sanksiyalarni chetlab o‘tish uchun neft tashishda foydalanayotgan taxminan 100 ta kemasiga nisbatan jazolovchi choralar ko‘riladi, deb xabar berdi Britaniya hukumati sayti.
Bayonotda aytilishicha, Putin atrofidagilar tomonidan uyushtirilgan “soyadagi flot” nafaqat Kremlning Ukrainadagi noqonuniy urushini moliyalashtirmoqda, balki muhim milliy infratuzilmaga ham zarar yetkazmoqda.
Buyuk Britaniya misolida esa “xalqaro telekommunikatsiya ma’lumotlarining 99 foizi va hayot uchun muhim energiya manbalari” suv osti infratuzilmalari orqali uzatiladi.
Rossiyaning “soyadagi flot”iga odatda eski va sug‘urtalanmagan tankerlar hamda quruqlik yuk tashuvchi kemalar kiradi. Bu kemalar tobora ko‘proq suv osti infratuzilmalariga hujum qilishda ayblanmoqda.