Ijtimoiy tarmoqlarda Jizzax viloyati Arnasoy tumanida fuqaroning farzandi Ichki ishlar bo‘limi xodimlari tomonidan kaltaklangani haqida xabarlar tarqaldi.
Viloyat prokuraturasining ma’lum qilishicha, mazkur holat yuzasidan Arnasoy tuman prokuraturasi tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.
To‘plangan hujjatlar asosida qonuniy qaror qabul qilinishi Jizzax viloyat prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan. Rasmiy organlar ushbu ish bo‘yicha aniqlik kiritish va qonuniy baho berish bo‘yicha ishlarni davom ettirmoqda.