AsosiyDunyo

Hindistonning hujumi ortidan Pokistonda 31 kishi halok bo‘ldi

Pokiston armiyasining ma’lum qilishicha, 57 kishi yaralangan.

'Hindistonning hujumi ortidan Pokistonda 31 kishi halok bo‘ldi'ning rasmi

Hindistonning Pokistonga yo‘llagan havo hujumlari oqibatida 57 kishi yaralangan, 31 kishi halok bo‘lgan. Bu haqida “BBC” nashri Pokiston armiyasiga tayanib xabar bermoqda. 

Pokiston Bosh vaziri Shehbaz Sharif avvalroq Hindiston zarbalarini "jazosiz qolmaydigan jirkanch tajovuz" degan edi.

Armiya matbuot kotibi Ahmad Sharif Chaudrining aytishicha, Hindiston hujumi oqibatida 57 kishi yaralangan, 31 kishi halok bo‘lgan.

Hindiston ikki hafta oldin Kashmirda sayyohlarga uyushtirilgan hujumga javob tariqasida jangarilar nishonlariga zarba berganini aytdi. Pokiston rasmiylari 26 kishining o‘limiga sabab bo‘lgan hujumga hech qanday aloqasi yo‘qligini ma’lum qildi.

Pokiston bunga javoban artilleriyadan o‘q uzgan va Pokiston rasmiylariga ko‘ra, Hindistonning beshta samolyoti va bir dronini urib tushirganini aytgan. Biroq Hindiston hukumati bu ma’lumotni tasdiqlamadi.

Chorshanba kuni kechqurun AQSH prezidenti Donald Tramp Hindiston va Pokiston o‘rtasidagi keskinlashuvga qisqacha izoh berdi.

"Men ikkala davlatni ham yaxshi bilaman. Ular buni o‘zaro hal qilishlarini istayman", — degan u Oval ofisda jurnalistlarga.

Shuningdek, Tramp ikki mamlakat o‘rtasidagi urushni to‘xtatishni xohlashini aytib, yordamga tayyorligini ma’lum qilgan.

    Boshqa yangiliklar