AsosiyDunyo

Ilon Mask ko‘rishni tiklaydigan chip ustida ishlamoqda

Neuralink insoniyat uchun yangi davrni boshlab bermoqda.

'Ilon Mask ko‘rishni tiklaydigan chip ustida ishlamoqda'ning rasmi

Mashhur tadbirkor Ilon Mask rahbarlik qilayotgan Neuralink kompaniyasi inson miyasi orqali ko‘rish qobiliyatini tiklaydigan ilg‘or texnologiya ustida ishlamoqda. Bu haqda zamon uz Mask Fox News telekanaliga tayanib xabar bermoqda.

Uning aytishicha, «Ko‘r-ko‘rona» nomi bilan tanilgan ushbu chip to‘g‘ridan to‘g‘ri miyaning ko‘rish po‘stlog‘i bilan aloqa qiladi va ko‘rishda nuqsoni bo‘lganlarga umid bag‘ishlashi mumkin.

Neuralink kompaniyasi kelgusi 12 oy ichida bu sohada muhim natijalarga erishishga umid qilmoqda.

Maskning ta’kidlashicha, kompaniya faqat ko‘rish bilan cheklanmaydi — orqa miya shikastidan aziyat chekayotgan insonlarga ham yurish qobiliyatini tiklash imkonini beruvchi qurilmalar ustida ish olib bormoqda.

    Boshqa yangiliklar